8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

00:55 / 05.12.2016 12482

Hafta futboli dayjesti. «Shapekoense» fojiasi, soliqchilar «nishon»idagi Ronaldu va boshqa muhim yangiliklar

Tribuna.uz sayti quyida haftaning eng ko‘p diqqat markazida bo‘lgan voqealarini eslatib o‘tadi.

«Shapekoense» klubi fojiasi

Braziliyaning «Shapekoense» futbol jamoasi aviahalokatga uchradi. Samolyot Boliviyadan uchgan va Medelin aeroportiga kelish yo‘lida qulagan.

Braziliyaning «Shapekoense» futbol jamoasi parvoz qilgan samolyot uchuvchisi  Mikel Kiroganing havo layneri halokatga uchrashidan avval aytgan so‘nggi so‘zlari aniqlandi.

Ronaldu «Shapekoense» uchun 3 million yevro xayriya qildi.

Messi aviahalokatga uchragan «Shapokoense» klubi uchun 10 mln yevro xayriya qildi.

«El-klasiko»dan tushgan daromad «Shapekoense»ga xayriya qilinadi.

«Shapekoense» Janubiy Amerika kubogini olishi tasdiqlandi.

 

Jahon futboli

Umtiti Messining mashg‘ulotlar vaqtidagi aqlbovar qilmas harakatlari haqida aytib berdi.

OAV Krishtianu Ronalduning katta miqdorda soliqni yashirganini ma'lum qildi va Ispaniya soliq idoralari Ronaldu ishi bo‘yicha tekshiruv boshladi.

 «Real»ning ikki sobiq yulduzi jamoaga qaytishni istamoqda.

«Real» hujumchisi Garet Beyl jarohati yuzasidan jarrohlik amaliyotidan o‘tgach, uning tiklanish muddati ma'lum bo‘ldi.

Zidan asosiy jamoada debyut qilgan va gol urgan o‘z o‘g‘li Enzoning  o‘yiniga baho berdi. 

"Real" bosh murabbiyi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» hujumchisi Lionel Messini o‘zaro taqqoslash noto‘g‘ri ekanini aytdi.

Osiyoning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Londonning «Arsenal» jamoasi hujumchisi Teo Uolkott o‘z nomini «Ginness rekordlar kitobi» qayd etilishiga erishdi.

«Manchester Siti» hujumchisi Yaya Ture mast holatda avtomobil boshqarishda ayblanmoqda. U 13 dekabrda sud qilinadi.

Nemis futbol ittifoqi (DFB) Germaniya kubogi o‘yinlarida jamoalarga 4 nafar futbolchini almashtirishga ruxsat berdi.

 

O‘zbekiston

Toshkentning «Lokomotiv» klubi 2016 yilgi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi.

Temurxo‘ja Abduholiqov O‘zbekiston kubogi finallari tarixida yangi rekord o‘rnatdi.

Vitaliy Denisov o‘z vaqtida Angliya grandi safiga o‘tishi mumkin edi.

2017 yil uchun FIFA referilari ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbekistonlik hakamlar tasdiqlandi.

O‘zbekiston MTJ Turkiyada o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Top