Afg‘onistonda samolyot halokatidan omon qolganlarning fotosi paydo bo‘ldi
Afg‘on nashrlari Rossiyaning Falcon 10 samolyoti halokatidan omon qolgan ekipaj a’zolari aks etgan fotosuratni namoyish etdi. Yo‘lovchilar halok bo‘lishgan.
Afg‘onistondagi Hurriyat radiosi rossiyaliklarning Falcon 10 samolyoti halokatga uchragan joyda olingan video hamda omon qolgan ekipaj a’zolari aks etgan fotosuratni namoyish etdi. Rolik Hurriyat’ning tvitter sahifasiga joylashtirilgan.
Hurriyat nashri aniqlik kiritishicha, samolyot Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari qutqaruv jamoasi tomonidan mamlakatning «chekka va tog‘li hududida» aniqlangan. Halokatdan omon qolganlar avvaliga tuman markaziga olib kelingan, u yerdan esa Kobuldagi shifoxonaga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.
Special Report:
— Hurriyat Radio English (@HurriyatEN) January 22, 2024
Rescue Operation for Crashed Russian Plane in Badakhshan Successfully Concluded
Photographs obtained by Hurriyat News depict that the small Russian jet that was crashed in Badakhshan has been located by the Islamic Emirate Air Force's rescue team. The survivors… pic.twitter.com/xcMW1xFX8s
Shot telegram-kanali xabar berishicha, uchuvchilar Dmitriy Belyakov va Arkadiy Grachev, shuningdek tibbiyot xodimi Pavel Popov jiddiy jarohat olmagan. Kanalning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan fotosuratda tibbiyot xodimlaridan yana biri — Igor Sivorotkin to‘liq ko‘rinmaydi, ammo, Shot ma’lumotiga ko‘ra, uning holati ham qoniqarli baholanmoqda.
Radiostansiyaning aniqlik kiritishicha, qutqaruv amaliyoti yakunlangan. Nashr xabarida samolyot yo‘lovchilari —volgodonsklik Anatoliy va Anna Yevsyukovlar haqida ma’lumot yo‘q. RIA Novosti favqulodda xizmatlarga tayanib yozishicha, ular halok bo‘lishgan. Ularning jasadi 23 yanvar kuni Kobulga uchadigan maxsus bort orqali olib qaytiladi.
- Rosaviatsiya xabariga ko‘ra, Rossiyaning «Atletik Grupp» kompaniyasi va xususiy shaxsga tegishli bo‘lgan Falcon 10 samolyoti 20 yanvar kuni kechqurun Afg‘oniston havo kengliklarida uchayotganida radarlardan yo‘qolib qolgan. Ushbu bort Tailanddan Hindiston va O‘zbekiston orqali charter sanitar reysni amalga oshirayotgandi. Samolyot bortida olti kishi bo‘lgan (ikki yo‘lovchi va ekipajning to‘rt a’zosi).
- TASS agentligi favqulodda xizmatlarga tayanib yozishicha, samolyot halokatiga ikkita dvigatel ishlamay qolgani sabab bo‘lgan. RF Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan jinoiy ish ochgan.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi
O‘zbekiston | 18:12
-
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 18:09
-
Tramp prezidentlikka kirishgan kuniyoq bir necha sudga berildi
Jahon | 18:05
-
Politico: YeI va Britaniya AQSh bilan savdo urushiga tayyorlanmoqda
Jahon | 17:59
Mavzuga oid
14:35 / 19.01.2025
Yo‘lovchilari tiriklayin yonib ketgan aviahalokat – Saudiyada sodir bo‘lgan hodisa tarixi
20:31 / 17.01.2025
AQSh Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini taqiqdan chiqarmadi
13:45 / 17.01.2025
O‘zbekiston va Misr Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
18:38 / 15.01.2025