09:56 / 16.12.2016
3366
«Barselona» Suares bilan shartnomani uzaytirdi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi muddatini uzaytirdi.

Endilikda 29 yoshli urugvaylik hujumchining kataloniyaliklar jamoasi bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar davom etadi.

Shartnomada futbolchining istalgan vaqtda kelishuvni buzishi uchun belgilangan tovon puli 200 million yevro deb ko‘rsatilgan.

Ma'lumot uchun, Suares «Barselona» uchun 116 uchrashuvda 97 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shu davr mobaynida u 8 sovrinni qo‘lga kiritgan.

Top