19:38 / 18.12.2016
8013

Xitoyliklar Ibrahimovichni chaqirmoqda: Unga juda ko‘p pul taklif etildi

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Xitoydagi jamoalar nishonida.

35 yoshli shvetsiyalik futbolchiga shu yilning yozida, u erkin agentga aylangach Xitoy jamoalaridan biri 56 million funt miqdoridagi yillik maosh taklif etgandi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, mamlakat hukumati ham Ibrahimovichning olib kelinishi uchun yordam taklif qilmoqda. Uning maoshi 1 mavsum uchun 120 million funtni tashkil qilishi mumkin.

Xitoydagilar, Ibrahimovich Superliga obro‘sini ko‘tarib, xarajatlarni oqlashiga ishonch bildirishgan.

Ammo futbolchi «MYu»da qolmoqchi.

Top