19:46 / 24.12.2016
11859

Fransiyaning eng mashhur kishisi e'lon qilindi

Fransiyaning eng mashhur kishilari ro‘yxati chop etildi. Unga ko‘ra, “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen Fransiya prezidentligi uchun o‘zining raqibi, sobiq bosh vaziri Fransua Fiyonni ortda qoldirdi. Reyting Le Journal du Dimanche gazetasi tomonidan tuzilgan.

Xabar qilinishicha, Le Pen ro‘yxatning 37-pog‘onasidan joy olgan. “Respublikachilar” partiyasi vakili Fransua Fiyon esa 42-o‘rinda qayd etildi.

Fransiyadagi eng mashhur kishilarga esa an'anaviy ravishda madaniyat vakillari aylanishdi. Reytingda birinchi o‘rinni komik kinoaktyor Umar Si egalladi. Ikkinchi pog‘onada siyosatchi Simona Veyl qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikni xonanda va bastakor Jan-Jak Goldman yakunlab berdi. 

Fransiyalik aktyorlar Sofi Marso va Jan Reno tegishli ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinda. Mashhur bastakor va qo‘shiqchi Sharl Aznavur esa 21-pog‘onada qayd etildi.

 

Top