Fransiya Qurolli kuçlari vazirligi Rossiya taşqi razvedka xizmati direktori Sergey Narişkinning Parij tomonidan Ukrainaga jönatilişi uçun 2 mingga yaqin harbiy xizmatçi tayyorlanayotgani haqidagi bayonotini rad etdi. Fransiya agentligining 19 mart, seşanba kuni ta’kidlaşiça, Rossiya razvedka xizmati rahbari bayonotlari «Rossiya ommaviy dezinformatsiyadan tizimli foydalanişi yana bir namunasidir». Parij «maksimal huşyorlikka» çaqirdi.
Şu kuni ertalab Sergey Narişkin Fransiya Ukrainaga jönatiş uçun harbiy kontingent tayyorlayotganini aytgan edi. Bu kuçlar Rossiya armiyasi tomonidan «hujumlarning ustuvor qonuniy nişoniga» aylanadi, dedi TRX rahbari.
Makronning Ukrainaga qöşin yuboriş ehtimoli haqidagi bayonotiga munosabat
Fevral oyi oxirida Ukrainani qöllab-quvvatlaşga bağişlangan anjumanda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga NATOga a’zo davlatlarning quruqlikdagi qöşinlarini yuboriş imkoniyatini istisno etmadi. «Bugungi kunda quruqlikdagi kuçlarni Ukrainaga rasman yuboriş masalasida konsensus yöq, ammo voqealar rivojida heç narsani inkor etib bölmaydi», dedi u.
Keyinroq Makron aniqlik kiritişiça, hozirça Ukrainaga heç qanday harbiy xizmatçi jönatiş haqida gap yöq, kelajakda biror kontingent yuborilsa, u jangovar harakatlarda qatnaşmaydi.
Fransiya prezidentining nutqidan söng, Ukrainaga qöşin yuboriş ğoyasi köplab Ğarb davlatlari, jumladan Germaniya, Bolgariya, Britaniya, Vengriya, Ispaniya, Italiya va Çexiya tomonidan rad etildi. NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg NATO Ukrainaga qöşin jönatiş niyatida emasligini ta’kidladi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bu boradagi bahs-munozaralarni töxtatişga çaqirgan bölsa, uning finlandiyalik hamkasbi Antti Xyakkyanen Kiyevni qurol-yaroğ, öq-dori va pul bilan ta’minlaşga e’tibor qaratiş zarurligini ta’kidladi. Şu bilan birga, Litva va Latviya Makronning pozitsiyasini qöllab-quvvatladi.












