09:30 / 26.12.2016
10355
Kolya Lukashenko: Prezident bo‘lish niyatim yo‘q
Foto: REUTERS

Belorussiya prezidentining kichik o‘g‘li Kolya Lukashenko o‘zining kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

«Rostini aytsam, mening prezident bo‘lish niyatim yo‘q», - deya aytib o‘tgan 12 yoshli maktab o‘quvchisi mahalliy televideniyega bergan intervyusi vaqtida. Uning aniqlashtirishicha, ayni damda shifokor yoki harbiy bo‘lish haqida o‘ylamoqda.

Aleksandr Lukashenko sentabrda nima uchun uning kichik o‘g‘li omma oldida kam ko‘rinish berayotganiga izoh bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kolya ko‘proq maktabdagi ta'limga e'tibor qaratgan. Shu bilan bir qatorda, belorussiya yetakchisining ta'kidlashicha, bolada davlat rahbari bo‘lish niyati yo‘q.

Ma'lumot uchun, Belorussiya prezidenti so‘nggi yillarda deyarli barcha rasmiy tadbirlarda Kolya bilan birga paydo bo‘lmoqda. Bola Vladimir Putin, Viktor Yushchenko, Dmitriy Medvedev, Barak Obama bilan uchrashgan. Shuningdek, u MDH sammitlari, BMT Bosh assambleyasi, Pekin va Sochidagi Olimpiadalarda ham qatnashgan.

 

Mavzuga oid
Top