17:31 / 08.01.2017
6750

Xitoy Afrika mamlakatlarini yangi Buyuk ipak yo‘li loyihasiga qo‘shilish uchun taklif qildi

© AP Photo

XXR Tashqi ishlar vaziri Van I Afrika mamlakatlarini "Bitta kamar — bitta yo‘l" nomli iqtisodiy rivojlanish strategiyasida ishtirok etishga taklif qildi.

Van I 7-12 yanvar kunlari davomida Madagaskar, Zambiya, Tanzaniya, Kongo va Nigeriya bo‘ylab turne uyushtiradi.

"Xitoy Afrika mamlakatlarini "Bitta kamar — bitta yo‘l" nomli iqtisodiy rivojlanish strategiyasida ishtirok etishga taklif qiladi", — degan Van I Madagaskarda jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Afrika mamlakatlari tarixan Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lgan va yo‘lning dengiz orqali yo‘nalishida G‘arb bilan bog‘lovchi vosita sifatida ishtirok etgan.

"Agar Afrika davlatlari yangi Buyuk Ipak yo‘li loyihasida ishtirok etishga rozi bo‘lsa, biz albatta buni faqat qo‘llab-quvvatlaymiz", — deya qo‘shimcha qilgan Van I.

XXR TIV rahbari qayd etib o‘tganki,  Xitoy Afrikaning sharqiy qismida joylashgan mamlakatlar vakillari bilan bu masalada muzokaralar o‘tkazgan va ma'lum siljishlarga ham erishgan.

Xitoy 2013 yilda "Bir kamar — bir yo‘l" nomli yangi iqtisodiy rivojlanish strategiyasini joriy etishi haqida e'lon qilgandi. Bu loyiha Yevroosiyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Strategiya rivojlanishning asosiy 2 yo‘nalishini nazarda tutadi: Buyuk Ipak yo‘li iqtisodiy kamari va dengiz yo‘li. Gap Sharq va G‘arb o‘rtasida mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va imtiyozli yetkazib berish uchun savdo yo‘lagi tashkil etish haqida boradi.

Top