Lubango — Angola janubi-ğarbidagi Huila provinsiyasida joylaşgan. Şahar aholi soni böyiça mamlakatda ikkinçi örinda turadi. U öziga xos tarix, madaniyati va gözal manzaralarni özida mujassam etadi.

Şahar dengiz sathidan 1760 metr balandlikda joylaşgan. Lubango Angoladagi eng salqin şaharlardan biri. Bu yerda örtaça harorat Tselsiy böyiça 8-31 darajani taşkil etadi. Öz örnida bu mamlakatning boşqa qismlarida yetiştiriş muşkul bölgan ekinlarni yetiştiriş imkonini beradi.

Lubango avvallari Sa da Bandeyra nomi bilan maşhur bölgan. Boisi şahar 1885 yildan keyin Portugaliyaning Madeyra orollaridan kelgan mustamlakaçilar uçun asosiy aholi punktiga aylangandi.

Hozirda mintaqada qişloq xöjaligi, çorvaçilik rivoj topgan. Bunga turli taomlar, yoki mahalliy pişloqlar, eski portugal çorizo kolbasalarini tatib körib işonç hosil qiliş mumkin.

Lubango sayyohlik imkoniyatlari sabab Angolaning eng muhim şaharlaridan biri. Çunki hudud mamlakatdagi boşqa şaharlar bilan avtomobil va temiryöl orqali boğlangan. Bu yerda xalqaro aeroport ham bor. Undan mamlakat poytaxti Luanda, boşqa şaharlarga va Namibiya poytaxti Vindhukka ham reyslar yölga qöyilgan.

Bu yerga kelgan sayyohlar öziga xos boy tarix, art-deko uslubida mustamlaka davrida bunyod etilgan binolarga duç keladi. Şaharga juda köp etnik guruhlar savdo-sotiq yoki boşqa şaharga jönab ketiş uçun kelib-ketib turadi. Mahalliy aholi mumuilalar bantu tillarida sözlaşadi. 

Qit’aning boşqa joylaridan farqli ölaroq, bu yerda köp millatli etnik guruhlar tinç-totuv hayot keçiradi. Bu hatto şaharlar çegaralaridayoq közga taşlanadi.

Aholining aksariyati köçmançilar bölib, özlarining an’anaviy turmuş tarziga sodiq holda hayot keçiradi. Ular bundan ğururlanadi, rang-barang liboslari, betakror, ramziy ma’noga ega taqinçoqlari va soç turmaklari bilan ajralib turadi.

“Bu sehrli joy. Lubangodagi turli etnik guruhlarning paradi esa öziga xos boy tajriba”, — deydi şaharga muntazam kelib turadigan tadbirkor ayol Florinda Ramos. 

Luandalik injyener-ekolog Rozmer Luis yaqinda iş bilan Lubangoda böldi. U ham şahardan hayratga tuşganini yaşirmadi. “Lubango — turizm uçun ajoyib joy. Diqqatga sazovor joylar, ham tabiiy, ham sun’iy landşaftlar nuqtai nazaridan xavfsiz, xilma-xillikka töla maskan. Menga şahar içidagi va taşqarisidagi bozorlar, maftunkor toğlar juda yoqdi”,