00:29 / 28.01.2017
5539

Tramp: Meksika AQSh evaziga juda ko‘p foyda ko‘rgan

Foto: Reuters

Meksika chegarani nazorat qilish uchun yetarlicha harakatlar qilmay, juda ko‘p vaqt AQSh bilan savdo shartlari hisobiga foyda ko‘rib yurgan. Bu haqda tvtiterda AQSh prezidenti Donald Tramp yozdi.

"Meksika AQSh evaziga foyda ko‘rgan. Ulkan savdo defitsiti va juda zaif tizimli chegaradagi kichik yordam", deb aytdi Tramp va "vaziyat endilikda o‘zgarishi kerak" deb ta'kidlab o‘tdi.  

Avvalroq Tramp Meksika bilan chegarada katta devor qurilishi haqidagi farmonni imzolagandi va uning amalga oshirilishi zudlik bilan boshlanishini aytgan. Oq uyda ushbu loyihani amalga oshirish uchun Meksikadan import qilinuvchi mahsulotlarga soliq kiritilishi g‘oyasi bildirilgan.

Mavzuga oid
Top