3 mart kuni AQŞga noqonuniy yöllar bilan ketgan 74 nafar özbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda UzReport xabar qildi.

Ma’lum qilinişiça, ularning köpçiligi Meksika orqali Amerikaga ötgan. Şuningdek, bir qança boşqa davlatlar orqali borgan fuqarolar ham bor. AQŞga borgan fuqarolar öz boşidan ötgan qiyinçiliklarini sözlab berdi.

«Bagajimni yöqotib, tösatdan Madridga uçganman. Uşbu şaharda çipta yöqolib qolib, 14 kun davomida 400 özbek Madridda „xor bölgan“. Şu yerdan Turkiyaga deport qilinganmiz. Keyinçalik Guatemalaga bordik va yana harakat qilib kördik. Ikki marta çegaradan qaytarilib, immigratsion joyda ikki sutka yotganman.

Venesuela fuqarolari bilan piyoda 3 kun yurganmiz. U yerda ham qoçdik, yurdik, öliklarni ham hamma narsani kördik. Maslahat bermayman, Amerika şunçaki reklama», — deya ta’kidladi ulardan biri.

U bu yölda 10 ming dollarga yaqin puli ketganini ta’kidlagan.

«Iyulda uyimdan çiqqan bölsam, avgust oyida men uşbu davlatga yetib bordim. Lekin işlay olmadim. Pul sarflab, sarflab qaytdik. Bormoqçi bölganlarga maslahatim –bormanglar. Bu şunçaki reklama. Kasallik orttirib qaytasiz. Hammasi yolğon», — deydi u.

Ma’lumot uçun, 2021 yildan 2023 yilgaça AQŞ hukumati tomonidan «alohida qiziqiş uyğotuvçi şaxslar» sifatida tasniflangan ön minglab muhojirlar Meksika orqali AQŞga noqonuniy kirişga harakat qilişgan. Qölga olinganlarning 13 mingdan ortiği Özbekiston fuqarolaridir.

Bundan avvalroq AQŞ hukumati Özbekistonning mamlakatga noqonuniy kirib kelgan 119 nafar fuqarosini vataniga qaytargani haqida xabar berilgandi.