Meksika Ekvador bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Ekvador politsiyasi Meksikaning Kitodagi elchixonasiga bostirib kirib, mamlakat sobiq vitse-prezidenti, Mexiko tomonidan siyosiy boshpana taqdim etilgan Xorxe Glasni hibsga oldi.

Foto: Picture Alliance
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador tashqi ishlar vaziri Alisiya Barsenaga Ekvador bilan diplomatik aloqalarni uzish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda Meksika davlati rahbari 6 aprel, shanba kuni ertalab (Yevropa vaqti bilan) X mikroblogida yozdi.
Bu harakat Ekvador politsiyasining 2023 yil dekabridan buyon Ekvador sobiq vitse-prezidenti Xorxe Glas istiqomat qilayotgan Kitodagi Meksika elchixonasiga kuch ishlatib kirishi bilan bog‘liq. U Meksikadan siyosiy boshpana so‘ragan va politsiya elchixonaga bostirib kirishidan bir necha soat oldin unga rozilik olgan.
O‘z navbatida, Meksika tashqi ishlar vaziri Alisiya Barsena Mexiko Ekvadorni xalqaro huquqni buzganlikda ayblab Xalqaro sudga murojaat qilishini aytdi. TIV rahbari ta’kidlaganidek, elchixonaga bostirib kirish chog‘ida bir necha meksikalik diplomat jarohat olgan va yaralangan.
Ekvador politsiyasining Meksika elchixonasiga bostirib kirishi
6 aprelga o‘tar kechasi Ekvador politsiyasi Kitodagi Meksika elchixonasiga kuch ishlatib kirib, u yerda Ekvador rasmiylaridan yashirinib yurgan mamlakat sobiq vitse-prezidenti Xorxe Glasni hibsga oldi.
Glas vatanida poraxo‘rlik va korrupsiyada ayblanmoqda. U 2017 yildan 2022 yilgacha Ekvador qamoqxonasida bo‘lgan.
Meksika va Ekvador o‘rtasidagi diplomatik inqiroz
Meksika prezidenti Lopes Obrador elchixonaga bostirib kirishni o‘z mamlakatining «xalqaro huquq va suverenitetini qo‘pol ravishda buzish» deb atadi.
Bundan oldin, Ekvador prezidentining idorasi «Ekvador - suveren davlat» ekanligini ta’kidlab, Kito «birorta jinoyatchining ozod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini» aytdi.
Meksikaning Kitodagi elchixonasi binosida Ekvador sobiq vitse-prezidenti hibsga olinishini kuzatgan ekspertlar bu harakat «Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyalarini qo‘pol ravishda buzish ekanini, bu Meksika va Ekvador hukumatlari o‘rtasida kuchli nizo keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidladi», - deya xabar beradi AP.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:32
-
Rossiyada amerikalik Blekka chiqarilgan hukm yumshatildi
Jahon | 12:25
-
Britaniya universiteti O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekiston | 12:15
-
Telegraph: Britaniya suvlarida Rossiyaning josuslik datchiklari topildi
Jahon | 12:05
Mavzuga oid

21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin

23:11 / 23.03.2025
Meksikada mayyalarning muqaddas ibodatxonasiga chiqqan turist kaltaklandi

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

20:40 / 01.03.2025