AQSh kongressi vakillar palatasi ruhiy kasalliklar bilan og‘rigan kishilarga qurol sotib olish huquqini bermaydigan qonunchilikdagi tuzatishlarni bekor qilishni ma'qulladi.
Bu qoida avvalgi prezident Barak Obama paytida amalga tatbiq etilgan. U shizofreniya va qo‘rqish hissi kasalligi bilan og‘rigan kishilarga qurol sotishni cheklardi.
Kongressmenlarning fikricha, taqiq AQSh konstitutsiyasining fuqarolarni qurol saqlash va olib yurish huquqini kafolatlovchi ikkinchi tuzatishiga ziddir.