17:45 / 02.03.2017
6316

Maykl Jyeksonning Neverland ranchosi bozorga qaytdi

Kaliforniya shtati, Santa-Barbara yaqinidagi 2 700 akrli rancho Sycamore Valley Ranch deya qayta nomlandi. Bu haqida AP xabar berdi

Ranchoda asosiy yashash joyiga 12 000 fut ajratilgan bo‘lib, bundan tashqari yana suzish havzasi, 50 kishilik kinoteatr va raqs studiyasi mavjud. Shuningdek bu maskan o‘ziga xos jihatlari bilan ham ajralib turadi - unda Disney uslubidagi temiryo‘l stansiyasi, yong‘in uyi va saroy  ham bor. 

Jyekson ranchoni 2009 yilda 22,5 million dollarga Colony Capital'ga sotgan. Colony Capital Donald Trampning ishonchli vakili Tomas Barrak tomonidan boshqariladi. 

Mavzuga oid
Top