Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tegişli xususiylaştiriş dasturlariga muvofiq, Uzpaynet ustav kapitalidagi 100 foiz davlat uluşini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotiş rejasini e’lon qildi.
Abrau Capital va Centil kompaniyalar konsorsiumi bitim böyiça Davaktiv agentligining xususiylaştiriş böyiça yetakçi maslahatçisi hisoblanadi.
Kompaniya Özbekiston bozorida 2005 yildan buyon yirik tölov taşkilotlaridan biri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya Paynet tölov tizimi işlab çiqaruvçisi va savdo belgisi egasi deb hisoblanadi. Hozirgi kunda 390 dan ortiq xizmat körsatuvçi provayderlar tölovlarni tizim orqali qabul qilmoqda — mobil aloqa, internet, uy-joy, suğurta va boşqalar.
Paynet mahalliy banklar bilan hamkorlik qiladi – tölov tizimi xizmatlari qatoriga "Kartadan naqd pul oliş", "Pul ötkazmalari", "Rekvizitlar böyiça tölov", "Kreditlarni qaytariş" kabi bank xizmatlari kiradi.
Paynet tizimi orqali har kuni 1,3 milliondan ortiq tölovlar 25 ming tölovni qabul qiliş punkti va şu nomdagi mobil ilova orqali amalga oşiriladi.
Sotiş jarayoni barça manfaatdor tomonlar uçun oçiq bölgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylaştiriş mexanizmi orqali amalga oşiriladi. Talabgorlar qiziqiş bildirişi töğrisidagi arizani 2022 yil 7 sentabr soat 18:00 ga qadar yuborişi lozim.
Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar böyiça saralanadi: davlat uluşini sotib oliş uçun tölovga qobiliyatliligi; xususiylaştiriş jarayonida iştirok etilişini taqiqlaşi mumkin bölgan ma’muriy, hakamlik yoki boşqa sud jarayonlari yöqligi; “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunga rioya etilişi.












