Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni muddati ötgan yoki işlab çiqarilgan sanasi körsatilmagan, şuningdek amaldagi qonunçilikka nomuvofiq qadoqlangan holda sotişda qayd etilgan huquqbuzarliklarga samarali kuraşiş böyiça qöşimça çoralarni kuçaytiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Jismoniy va yuridik şaxslarning foto, video va mobil vositalari orqali ayrim turdagi mahsulotlarni (oziq-ovqat, tibbiy, maişiy kimyo tovarlari) muddati ötgan yoki işlab çiqarilgan sanasi körsatilmagan, amaldagi qonunçilikka nomuvofiq qadoqlangan holda sotişda qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni qabul qiliş va körib çiqiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.

Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi, Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi, Davlat soliq qömitasi bilan birgalikda 1 sentyabrga qadar markazlaştirilgan tizimga kelib tuşayotgan videoyozuvlar böyiça tizimli monitoring yuritiş va protsessual harakatlarni amalga oşiriş imkoniyatini nazarda tutgan holda, jismoniy va yuridik şaxslarning foto, video va mobil vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni töplovçi markazlaştirilgan tizim işga tuşirilişini ta’minlaydi.

Bunda, loyiha-texnik hujjatlar işlab çiqilib Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKga ekspertizadan ötkaziş uçun kiritiladi.

Jismoniy va yuridik şaxslarning foto, video va mobil vositalari orqali ayrim turdagi mahsulotlarni sotişda qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni qabul qiliş va körib çiqiş tartibi töğrisidagi nizomga köra, qoidalar faqat işlab çiqariş sanasi va amal qiliş muddati körsatiş talab etiladigan tovarlar bilan boğliq huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etiladi.

Jismoniy va yuridik şaxslar videotexnika vositalari orqali ayrim turdagi mahsulotlarni (oziq-ovqat, tibbiy, maişiy kimyo tovarlari) muddati ötgan yoki işlab çiqarilgan sanasi körsatilmagan, amaldagi qonunçilikka nomuvofiq qadoqlangan holda sotişda qayd etilgan huquqbuzarlik holatlarini qayd etişi hamda uç iş kuni içida markazlaştirilgan tizim orqali Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligiga körib çiqiş uçun yuborişi mumkin.

Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holati töğrisidagi videoyozuvda quyidagilar aniq aks ettirilişi lozim: huquqbuzarlik aniqlangan manzil, sana va vaqt; işlab çiqilgan sana va muddatsiz mahsulotning partiyasi yoki birligi; aniqlangan mahsulotlarining miqdori; savdo nomi va işlab çiqaruvçining (import qiluvçi) manzili.