09:49 / 06.03.2017
7705

Chechenistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. Qodirov fuqarolarni xotirjamlikka chaqirmoqda

Checheniston poytaxti Grozniy shahrida yer silkinishi yuz berdi. Bu haqda «Interfaks» Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Checheniston Respublikasi bo‘yicha bosh boshqarmasiga asosan xabar bermoqda.

«Grozniy shahrida 4,3 magnitudali zilzila ro‘y berdi», - deyiladi xabarda.

Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi o‘chog‘i yer tubidan 15 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Shuningdek xabar qilinishicha, Checheniston rahbari Ramzon Qodirov ehtimoliy vayronagarchiliklarni aniqlash maqsadida tekshiruv o‘tkazilayotganini ma'lum qildi. Biroq, dastlabki xabarlarga qaraganda, yer silkinishi hech qanday jiddiy oqibatlarga olib kelmagan. Qodirov Grozniy aholisini o‘z uylariga qaytishga va xotirjamlikka chaqirdi.

Top