Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov amaldorlarni mahalliy aholining oziq-ovqat dökonlarida töplangan qarzlarini tölab qöyişga çaqirdi. U ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişda tegişli taşabbus bilan çiqdi.
«Men Hadijatdan (Hadijat Qodirova, Ramzonning qizi, Çeçeniston hukumati va ma’muriyati rahbari örinbosari) SMS oldim, köp odamlar moliyaviy imkoniyat yöqligi sababli tovarlarni qarzga olişga majbur bölmoqda ekan. Ularni yopişga yordam beriş yaxşi iş bölardi. Hamma öz hududidagi qarzlarni zimmasiga olib, tölab yuborsa yaxşi bölardi. Men özim yaşayotgan hududda mavjud bölgan qarzlarni tölayman», dedi u çeçen tilidagi videomurojaatida.
Çeçeniston rasmiylari Qodirovning sözlarini olqişlar bilan kutib oldi.
«RIA Novosti» agentligining qayd etişiça, Çeçenistonda mahalliy aholi kiçik dökonlardan oziq-ovqatni qarzga oliş amaliyoti mavjud. Odamlar oziq-ovqatni, qoida tariqasida, hamma bir-birini taniydigan va işonç darajasi yuqori bölgan yaqin dökonlardan olişadi.
Qarzlarni yopiş ğoyasi Çeçeniston uçun yangilik emas. Yuqori daromadli odamlar kambağallarga bir neça bor yordam bergan, şu jumladan Qodirovning çaqiriğidan keyin ham. Ayniqsa, Ramazon oyida savob umidida bunday amallar köp qilinadi.
Qodirov ilgari ham bunday çaqiriqlar bilan amaldorlarga murojaat qilgan. Jumladan, 2019 yilda odamlarning tabiiy gazdan qarzini, 2021 yilda dökonlardagi qarzini tölaşni tavsiya qilgan.












