«Ratibor» Aleksandr Kuznetsov va propagandaçi-jurnalist Vladimir Solovyov
Foto: Videodan skrinşot

«Mudofaa vazirligi kerakli vakansiyalarni ajratib böldi. «Vagner» komandirlaridan biri Ratibor va unga qöşilib 3 ming nafar sobiq vagnerçi afsonaviy «Axmat» maxsus kuçlari tarkibiga qöşiladi. Ratibor artilleriya zarbasi oqibatida yaralanib uzoq vaqt davolanişda edi. Ammo oyoqqa turişi bilan aynan «Axmat» maxsus kuçlari safida harbiy harakatlar zonasiga qaytişga qaror qildi», deb yozdi Qodirov Telegram-kanalida.

Xöş, Rossiya harbiy rahbariyati va prezident Putinga qarşi isyon kötargan «Vagner»ning sobiq qömondoni va unga böysunadigan vagnerçilar Qodirov ta’siridagi guruhga qöşilişi nimani anglatadi?

«Ratibor»ni Alauddinov köndirgan

Ma’lum bölişiça, «Vagner» komandiri va amalda unga böysunuvçi 3 ming vagnerçini çeçenlar guruhi safiga ötişga Ramzan Qodirovning «öng qöli» sifatida tanilgan «Axmat» komandiri Apti Alauddinov köndirgan. Qodirov Alauddinov «Ratibor» bilan birga turib yuqoridagi kelişuv haqida gapirgan videoni e’lon qildi.

Qodirov «Axmat» safiga qöşilgan sobiq vagnerçilar tez orada harbiy vazifalarni bajarişga kirişişi haqida gapirgan. Çeçeniston rahbari «Vagner» yuqori samaradorlikka ega guruh bölganini ham ta’kidlagan.

Apti Alauddinov va «Ratibor» Aleksandr Kuznetsov
Foto: Videodan skrinşot

«Ratibor» kim özi?

Şu örinda «Axmat» safiga ötgan «Ratibor» çaqiruv nomli vagnerçi haqida ikki oğiz. Asli ismi Aleksandr Kuznetsov bölgan «Ratibor» «Vagner» yetakçilaridan bölgan va guruhning Solneçnogorskdagi harakatlariga qömondonlik qilgan.

2008 yilda u odam öğirlaş va öğrilikda ayblanib qölga olinadi va keyinroq qamaladi. 2013 yil ozodlikka çiqqan Kuznetsov bir yil ötib «Vagner»da rota boşliğiga aylanadi.