01:03 / 23.03.2017
15946
Ikki xitoylik ustlariga ag‘darilgan g‘isht uyumi ostidan tirik chiqib keldi (video)

Xitoyning ikki fuqarosi ularning avtomobili ustiga g‘isht ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgandan keyin nafaqat omon qoldilar, balki aqlbovar qilmas tarzda ularga birorta ham shikast yetmagan.

Yo‘ldagi ikkita turli avtomobil registratoridan olingan videoda liq to‘la qilib yuklangan yuk mashinasi yo‘lda turgan mashinani aylanib o‘tmoqchi bo‘lib, yo‘l chetidagi bordyurga chiqib ketib, yonboshlayotganini ko‘rish mumkin. Bu ham yetmagandek, yuk mashinasi o‘zi aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan avtomobil ustiga ag‘darilib, uni g‘ishtlar bilan "ko‘mib tashlagan". 

Bir necha soniyadan keyin g‘ishtlar uyumi ostidan yengil avtomobildagi ikki erkak sog‘-omon, biroq qo‘rquvdan o‘layozgudek ahvolda chiqib kelgan.

Top