Şarof Raşidov tumanida yuk avtomobili bilan boğliq YTH sodir böldi. Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, YTH bugun soat 10:30lar atrofida Jizzax viloyati, Şarof Raşidov tumani hududidan ötuvçi M-39 avtomobil yölining 983-kilometrida sodir bölgan. Yuk avtomobili haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yölning qarama-qarşi oqimini ajratib turuvçi beton tösiqqa urilgan. Buning oqibatida avtomobilda yonğin yuzaga kelgan.
Yonğinni öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etiş çoralari körilgan. Qayd etilişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.
Hozirda YTH yuzasidan tuman IIB JXX YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Toşkent markazida dvigatel qismidagi qisqa tutaşuv sababli Matiz maşinasi yonib ketgandi.













