Uçköprik tumani hududida yuk maşinasi svetoforning qizil çiroğida töxtab turgan Damas’ga kelib urilişi oqibatida 2 nafar bola va 3 ayol vafot etdi. Maşina haydovçisi va yana 5 kişi oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli oğirligi aytilmoqda. Kun.uz muxbiri voqea tafsilotlarini örgandi.

21 noyabr kuni ertalab Uçköprik tumanida Isuzu yuk maşinasi svetoforda töxtab turgan Damas bilan töqnaşdi. Damas içida jami 11 kişi – haydovçi, Buvayda tumani Yangiqişloqdagi 7-maktabning 5 nafar öquvçisi hamda 5 ayol bölgan. Sabzi kavlaş uçun Oltiariq tumaniga ketayotgan yölovçilardan 5 kişi – 2 nafar maktab öquvçisi va 3 ayol yöl transport hodisasi oqibatida vafot etgan.

Baxtsiz hodisadan omon qolgan 5 nafar yölovçi va haydovçi ayni paytda Boğdod, Buvayda hamda Uçköprikdagi şifoxonalarda qolmoqda. Ular orasida ahvoli oğirlari ham bor.

Boğdod tumani Tibbiyot birlaşmasi Reanimatsiya bölimi boşliği Dilşod Jalilovning aytişiça, bölimga olib kelingan ikki öquvçi qizning ahvoli öta oğir darajada.

“Boğdod tumani tibbiyot birlaşmasiga soat 9:00lar çamasida avtohalokat natijasida tan jarohati olgan 14 va 16 yoşli maktab öquvçilari olib kelindi. Ulardan biri öta oğir koma holatida kelgan. Ikkinçi öquvçi esa huşida, lekin tan jarohati judayam köp. Birinçi bemor boş miyasiga qon quyilişi sabab jarrohlik amaliyotidan çiqdi.

Ikki bemorning ham ahvoli juda oğir. Biri sun’iy nafas oliş apparatiga ulangan, koma holatida. Ikkinçisining holati esa jarrohlik amaliyotidan keyin ma’lum böladi”, – deydi şifokor.

Dilşod Jalilov

Buvayda tumani tibbiyot birlaşmasiga YTH iştirokçilaridan 4 nafari yotqizilgan. Damas’ning oldi örindiğida ötirgan Sevara Polvonova sabzi kavlaşga 9-sinfda öqiyotgan qizi bilan ketayotgan bölgan.

“Oltiariq tumaniga sabzi kavlaşga ketayotgan edik. 9-sinfda öqiyotgan qizim ham harna sizga yordam bölsin deb kunlik işga men bilan birga ketayotgan edi. Svetoforga yetib borganimizda qizil çiroq yonib qoldi. 1 daqiqalar çamasi yaşil çiroq yonişini kutdik. Şu paytda tösatdan maşinamizga yuk maşinasi kelib urildi. Ğijimlanib ketgan maşinamiz kuçli zarb bilan borib beton tösiqqa tegdi. Xuşimdan ketibman. Keyinroq özimga keldim.