Holat yuzasidan “Buxoro mintaqaviy temiryöl uzeli” UK rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, 5 sentabr kuni soat 8:35lar atrofida Olot-Qoraköl temiryöl bekatlari oraliği 4044 kilometr 1-piketda joylaşgan qöriqlanmaydigan temiryöl kesişmasida Ş.Ş. boşqaruvidagi lokomotiv J.A. boşqaruvidagi “HOWO” yuk maşinasi bilan töqnaşgan. Töqnaşuvga yuk maşinasi haydovçisining ehtiyotsizligi sabab bölgan.
Hodisa oqibatida yuk maşinasi haydovçisi voqea joyida vafot etgan.
Tegişli rahbarlar va soha mutaxassislari voqea joyida örganiş olib borgan. Örganiş natijasida qöriqlanmaydigan temiryöl kesişmasida tegişli yöriqnomaga asosan temiryölga taalluqli bölgan barça qurilma va jihozlar örnatilgani hamda soz holatda işlab turgani aniqlangan.
Oldinroq Surxondaryoda poyezd “Jiguli”ni urib ketgandi.












