Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘y-hashamlar va boshqa oilaviy marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 28 oktabrdagi to‘y va boshqa marosimlarni tartibga solishga doir 2100-sonli farmonining mazmun-mohiyati, to‘y va marosimlarni zamon talablariga mos holda o‘tkazilishi bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Fuqarolar yig‘inlarida to‘y va marosimlarni tartibga solish maqsadida, shuningdek, mahalla faollari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha mahallaning obro‘li fuqarolari – oqsoqollari va onaxonlaridan iborat Jamoatchilik kengashlari tashkil etildi.
Kengashlar tomonidan to‘y-hashamlar va boshqa oilaviy marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zero, aholini kuchli ijtimoiy himoyalash, yoshlar tarbiyasiga jiddiy e'tibor, milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini aholiga to‘g‘ri yetkazish mahallalarda tinchlik, ahillik, hamjihatlik, totuvlikni ta'minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlar va yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, yoshlar, ayniqsa yangi oila qurish arafasida turgan yigit qizlar o‘rtasida to‘y va marosimlarni o‘tkazishdagi salbiy holatlarning ma'naviy, axloqiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan 2016 yil mobaynida 2800 dan ortiq tadbirlar tashkil etilib, ularga 130 ming nafardan ortiq aholi va yoshlar jalb etildi.
Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida to‘y oldi va undan keyingi tadbirlar qisqartirildi. Bu kabi tadbirlarni dabdabasiz va kamxarj o‘tkazish evaziga mahallada kam ta'minlangan, yakka yolgiz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olish ishlari kuchaytirildi.
Mavzuga oid
09:31 / 19.09.2025
Mahalla fuqarolar yig‘ini yagona reyestri shakllantiriladi
16:12 / 13.01.2025
Mahalla raisining vakolat muddati uch yildan besh yilga oshirilishi mumkin
21:07 / 20.03.2024
Mahallada sport inshootlarini barpo etishda jamoaviy sport turlariga ustunlik beriladi
20:12 / 20.03.2024