Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda fuqarolar yiğini raisi saylovini taşkil etiş va ötkaziş tartibini yanada takomillaştiriş, böşab qolgan örinlarga saylangan fuqarolar yiğini raisi faoliyati kafolatlarini mustahkamlaşga qaratilgan qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.

Bir guruh deputatlar tomonidan işlab çiqilgan uşbu loyiha bilan fuqarolar yiğini raisi vakolati muddatini uç yildan beş yilga özgartiriş, şuningdek, fuqarolar yiğini raisi vakolati muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda böşab qolgan öringa saylov ötkaziş orqali saylangan yangi raisning vakolat muddatini ham beş yil etib belgilaş taklif etilmoqda.

Qayd qilinişiça, qonun loyihasi böyiça fraksiya a’zolari bir qator taklif va tavsiyalar bildirib, uni ma’qullagan.