Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Valeriy Semerikov xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva anjumanidagi chiqishi davomida, IShID va “Al-Qoida” terrorchilik guruhlari bitta ittifoqqa birlashish harakatida ekanini ma'lum qildi.
“Bor bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda IShID va “Al-Qoida” o‘rtasida qarama-qarshilikni muzokaralar yo‘li orqali hal qilish va bu ikki terrorchilik tashkilotini bir ittifoqqa birlashtirish bo‘yicha harakatlar amalga oshmoqda”, - deya Semerikovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Avvalroq Iroq vitse-prezidenti Ayyod Allaui IShID va “Al-Qoida” ehtimoliy alyans borasida muzokaralar olib borayotgani haqida ma'lum qilgandi.