Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«IShID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» - Blinken Moskvadagi teraktga izoh berdi
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Moskva ostonasidagi «Crocus City Hall» savdo markazidagi terrorchilik aktiga izoh berdi. Blinkenga ko‘ra, voqea IShID hamon katta tahdid bo‘lib turganidan dalolat beradi.
Bu haqda Entoni Blinken Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Hussayn bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
«Afsuski, bizga IShID hamon real tahdid bo‘lib qolayotganini eslatib turishibdi. O‘tgan yillar ichida bu tahdidga qarshi turish va uni kamaytirish borasida amalga oshirgan yaxshi ishlarimizga qaramasdan, bir necha kun avval Moskva ostonasidagi dahshatli hujum IShID hamon potensial katta kuch ekani va unga qarshi kurashishda davom etishimiz kerakligini eslatdi», — degan Blinken.
U ko‘plab insonlarning halok bo‘lganidan qayg‘uda ekanini bildirib, IShID qayta bosh ko‘tarmasligi uchun unga qarshi kurashishda davom etish kerakligini qayd etdi.
Fuad Hussayn ham 22 mart kuni sodir bo‘lgan terrorchilik aktini qoralab, IShID hamon xavfsizlikka hamda Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardagi tinchlik jarayonlariga tahdid ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026