Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Holl»ga qurolli hujum oqibatida halok bölganlar soni rasmiy ma’lumotlarga köra 130 kişidan oşgan, qurbonlar orasida bolalar ham bor. «112» telegram-kanali esa manbaga asoslangan holda 150 qurbon haqida yozgan.

Avvalroq Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobev qurbonlar soni oşişi haqida aytgandi.

Ayni vaqtda favqulodda xizmatlar tomoşabinlar zalida xarobalarni tozalaşda davom etmoqda. Gubernatorning sözlariga köra, qutqaruvçilar zalga ertalabki soat 6.30 da kirişga muvaffaq bölgan, u bu yerdagi vaziyatni «öta oğir» deb atagan.

Tom binosi tundagi hujumdan keyin boşlangan yonğin oqibatida qulab tuşgan.

24 mart Rossiyada motam kuni deb e’lon qilindi.

Noma’lum şaxslar 22 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 20:00 atrofida Moskva oblastida «Piknik» guruhining konserti ötkazilişi rejalaştirilgan «Krokus Siti Holl»da odamlarga öt oçdi.

FXX hujum qilganlar tört nafar bölganini ma’lum qilgan. Ular asosiy kiriş joyi orqali ötişgan va foyedagi odamlarni öqqa tuta boşlagan, keyin esa tomoşabinlar zaliga kirişgan. Hujum vaqtida yonğin boşlanib, katta hududni qamrab olgan.

Terakt vaqtida çiqqan yonğin tufayli «Krokus Siti Holl» tomi töliq qulab tuşgan. Foto: Rossiya FVV

Kreml matbuot xizmati xabariga köra, Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov prezident Putinga uşbu hodisaga aloqador bölgan 11 kişi, jumladan hujumda qatnaşgan tört terrorçi qölga olingani haqida hisobot bergan.

FXX ma’lumotiga köra, uşbu şaxslar Bryansk oblastida uşlangan. Ular «bir neça soat farqi bilan qölga olingan», — deya idora bayonotidan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Internetda qölga oliş jarayoni videoyozuvlari tarqalgan. Söroq qilinganlardan biri videoda noma’lum şaxslar orqali telegramda yollangani va hujum uçun unga yarim million rubl atrofida mablağ va’da qilinganini aytadi.

Versiyalar

Hodisaga Ukraina aloqadorligi töğrisidagi ilk taxminlar 22 mart kuniyoq paydo bölgandi. «Kommersant»ning bir qança manbalari hujum qilganlar «Rossiya köngillilar korpusi» a’zolari bölişi mumkinligini taxmin qilgandi.