«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z faoliyatida ilk marta Germaniya chempioniga aylandi.
Shu tariqa, 57 yoshli italyan mutaxassisi Top-5 chempionatlaridan 4tasida jamoasini chempionlikka olib kelgan ilk murabbiyga aylandi.
Bungacha Anchelotti A Seriyada «Milan» bilan (2004), Premer-ligada «Chelsi» bilan (2010), va Liga 1 da «Pari Sen-Jyermen» bilan (2013) chempionlikka erishgandi.
Anchelotti Ispaniyada ham ishlagan, ammo 2 yillik faoliyati davomida «Real» bilan faqat Ispaniya Kubogida zafar quchgan, ammo chempionatdagi g‘oliblik nasib etmagandi.
Anchelottining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 3 yilga mo‘ljallangan. Jamoa joriy mavsumning 31-turida «Volfsburg»ni 6:0 hisobida yengib, muddatidan oldin chempionlikni ta'minladi.