«Liverpul» va «Çelsi» mavsumdagi birinçi sovrin uçun kuraşadi, «Barsa» va «Bavariya»da navbatdagi sinov. Hafta öyinlari anonsi
|20:39 / 24.02.202423 78013 min
Payşanba kuni yevrokuboklardagi navbatdagi öyinlar tugab, juma kuni Yevropa Ligasiga qur’a taşlandi, oqşomdan boşlab esa milliy ligalarda navbatdagi tur öyinlari boşlab yuborildi. Mana şunday tiğiz sur’atda to mart oyi oxirlarigaça ajoyib futbol öyinlari davom etadi. Bu hafta ham juda qiziqarli töqnaşuvlardan taşqari, «Uembli»da final ham bizni kutib turibdi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
BARSeLONA – XeTAFe (24 fevral, 22:30)
«Xetafe» turnir jadvali böyiça qaraganda Ispaniyaning eng örtamiyonasi bölişi mumkin, madridliklar 10-örinda, «Barselona» bilan oradagi farq – 20 oçko, öyin Barselonada böladi. Ammo işonavering, bugungi muammoli «Barselona» uçun «Xetafe» ham usluban, ham vaziyat taqozosi bilan eng noqulay raqib. Jamoalarning oxirgi 4 öyinida atigi 1 ta gol Pedri tomonidan urilgani, qolgan uç öyinda umuman hisob oçilmagani ham «Barselona»ni jiddiy qarşilik kutayotganini tasavvur qiliş uçun yetarli. «Barsa» mavsumda umuman oson ğalaba qölga kirita olmayotganini ham yodda tutiş lozim. Mezbonlar muxlislari uçun umid beruvçi yana bir statistika – «Barselona» 18 öyindan beri öz maydonida «Xetafe»ga mağlubiyatga uçramagan – 14 ğalaba va 4 durang.
Uslub tilga olingani ham bekorga emas, «Xetafe» ligada eng qöpol jamoa sanaladi – şu paytgaça Bardalas şogirdlari 9 marotaba qizil kartoçkaga loyiq körilgan. Tarkibning aksariyati hali yigirma yoşgayam tölmaganini e’tiborga olsak, Xavi bugungi tarkibni tanlaşda buni e’tiborga olişini ham kutiş mumkin. Zero sönggi 9 uçraşuvdan beri asosiy tarkibda tuşayotgan Yamal nihoyat bu safar dam olişi haqida xabarlar çiqdi. Bundan taşqari, «Barselona» tarkibida birdaniga 4 futbolçida 4 tadan sariq kartoçka mavjud. Ya’ni uşbu uçraşuvda raqib provakatsiyasiga berilib, qöpol harakat qilsa, Arauxo, Kanselu, Romeu va Levandovskilar keyingi öyinga diskvalifikatsiyaga uçraşi mumkin. Keyingi öyin esa Bilbaoda, asosiy raqiblardan biri «Atletik»ga qarşi.
«Xetafe» tarkibida jarohatlar yöq, aksinça, «Barselona»ga qarşi har qanday Madrid jamoasi singari, bor kuçini namoyiş qiladigan futbolçilar bor. Masalan, asosiy hujumçi Borxa Mayoral «Real» tarbiyalanuvçisi sanaladi. Xayme Mata esa öz vaqtida «Jirona» safida ham töp surgan, «Barselona» körigidan qaytib kelgan futbolçilardan biri. Ayniqsa, Meyson Grinvudning öyini ham har ikki tomon uçun qiziq bölsa kerak, zero Grinvudni yozda «MYu» sotişi mumkinligi, asosiy xaridorlardan biri sifatida esa «Barsa» tilga olinayotgani ham sir emas.
BAVARIYa – LeYPsIG (24 fevral, 22:30)
Qatorasiga uç öyinda mağlubiyatga uçrab, bir haftada ham Çempionlar Ligasi, ham Bundesligadagi pozitsiyasini oğirlaştirib qöygan «Bavariya»ni navbatdagi öyinini kuzatiş köpçilik uçun qiziq bölişi tabiiy. Keçagi ğalabadan söng «Bayyer» oradagi farqni 11 taga yetkazib oldi, ya’ni hatto 8 oçkolik farqni saqlab qoliş uçun ham mezbonlarga ğalaba şart. «Bayyer»ning hozirgi şaştidan kelib çiqsak, myunxenliklarda imkoniyat bölişi juda qiyin bölsa ham, sönggi paytgaça ta’qib qiliş zarur ekanini ötgan mavsum ham isbotlab bergan. Esingizda bölsa, Dortmund jamoasining oxirgi turdagi kutilmagan mağlubiyati çempionlikni «Bavariya»ga tortiq qilib yuborgandi.
Mavzuga oid
Tuxelning yozda ketişi haqida xabarlar ham balkim jamoadan bosimni biroz kamaytirar, ammo mavsumni heç qanday sovrinsiz yakunlaş «Bavariya» uçun falokat – oxirgi marta şunday mavsum 2012 yilda bölgan, ammo öşanda ham «Bavariya» Çempionlar Ligasi finaligaça yetib borgandi. Qiziği, agar sovrin hisobiga qöşsak, öşa mavsumni «Bavariya» Germaniya Superkubogidagi ğalaba bilan boşlagan, ammo bu safar aynan «Leypsig» tufayli Tuxel şogirdlari yozda Superkubokdan ham quruq qolişdi. Çempionatdagi özaro uçraşuvda esa «Leypsig» birinçi taymdayoq 2 gol urgan, faqat ikkinçi taymda mehmonlar buriliş yasab, hisobni tenglaştira olgandi – 2:2.Umuman olganda, oxirgi 4 öyinda «Bavariya» «Leypsig» ustidan ğalaba qozona olmayapti.
«Leypsig» uçun ham ğalaba suv va havodek zarur. Roze şogirdlarida 22 öyindan söng, 40 oçko bor va bu 4-örinni band etib turgan «Borussiya»dan bittaga kam xolos. Hozirgi reytingdan kelib çiqsak, «Leypsig» yaxşigina joylaşib olgan beşinçi örin ham YeÇL yöllanmasini beradi, ammo bu reyting mavsum oxirigaça özgarişi mumkin. Özgarmasligi uçun esa, yana şu «Bavariya» va «Leypsig» Çempionlar Ligasida uzoqroqqa borişlari lozim böladi.
Darvoqe, Çempionlar Ligasidagi öz öyinini «Leypsig» ham raqibi singari 0:1 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlagan bölsa-da, farqli ravişda, aytiş mumkinki, köpçilikda iliq taassurot qoldirdi. «Real»dek kuçli va tajribali raqibga qarşi «Leypsig» ustunlik qila oldi va hatto bemalol ğalaba qozonişi mumkin edi.
Tarkiblarga töxtalsak, mezbonlarda yöqotişlar köproq. Ham Çempionlar Ligasi, ham «Boxum»ga qarşi öyinda qizil kartoçka olgan Upamekano sobiq jamoasiga qarşi öyinda maydonga tuşa olmaydi. Mazrui endigina jarohatdan tuzalgandi, ammo ötgan uçraşuvda yana safdan çiqdi, yanvarda uning örniga olib kelingan Saşa Boe ham jarohatlanib, bir oy şeriklariga yordam bera olmaydi. Mehmonlar safida esa Lukas Klasterman ötgan turda jarohat tufayli almaştirilgandi, xabarlarga köra, u ham bir oy maydonga tuşa olmaydi.
ARSeNAL – NYuKASL (25 fevralga ötar keçasi, 01:00)
APL doirasida 2024 yilda bölib ötgan beşala uçraşuvni ham öz foydasiga hal qilgan va beş öyinda jami 21 ta gol urgan «Arsenal» negadir boşqa musobaqalarda öşa darajani körsata olmayapti. Yanvarda «Liverpul»dan öz maydonida yutqazib, Angliya kubogidan çiqib ketgan bölsa, hafta örtasida YeÇL uçraşuvini Portugaliyada boy berib qöydi. Çempionlar Ligasi favoritlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan «Arsenal» «Portu» darvozasiga birorta ham aniq zarba bera olmadi.
Navbatdagi raqib – «Nyukasl» ham saviya jihatidan «Portu»dan kam emas, hatto ança kuçliroq bölişi mumkin. Ötgan mavsumda ham Hau jamoasiga qarşi uy uçraşuvida Arteta şogirdlari 0:0 hisobiga rozi bölgandilar. Birinçi davradagi özaro öyin esa ança janjalli yakunlangan, «Nyukasl» tomonidan urilgan yagona ğalaba goli VAR tufayli köp noroziliklar keltirib çiqargandi. Umuman olganda, «Arsenal» – «Nyukasl» töqnaşuvi APL uçun tarixiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega: eslasangiz, 2011 yilda «Arsenal» safarda 4:0 hisobida oldinga çiqib olgan öyin, yakunda 4:4 hisobida nihoyasiga yetgandi.
«Nyukasl» mavsum boşidagi taxminlarni oqlagan holda, öta beqaror natijalar körsatmoqda. Jamoa alohida öyinlarda ança kuçli, mavsumdagi «PSJ», «Arsenal», «Liverpul», «MYu»ga qarşi uçraşuvlar bu faraz uçun yaqqol isbot – lekin bu darajani doim namoyiş etiş uçun Hauga resurs yetmayapti. Ötgan yili «Nyukasl» faqat bir musobaqada qatnaşgan, APLda eng barqaror jamoalardan biri edi. Bu safar öyinlar köpaydi, şu bilan birga jarohatlar ham. Natijada, ötgan yili eng kam gol ötkazgan «Nyukasl» hozir bu körsatkiçlar böyiça 12-örinda, turnir jadvalida esa, Top-4 dan 12 oçko ortda qolgan holda, 8-örinda bormoqda. Bu öyindagi mağlubiyat jamoani 11-öringa ham tuşirib yuborişi mumkin.
Tarkiblar borasida «Arsenal»da yangi yöqotişlarda Jyezus va Zinçenko bor, şuningdek, Tomas Parti ham yana bir neça kun şeriklariga yordam bera olmaydi. «Nyukasl» esa asosiy ijroçilardan Joalinton va Isaaklarsiz maydonga tuşadi. Tabiiyki, «Nyukasl» oxirgi öyinini bir hafta avval ötkazgani, «Arsenal» esa, yuqorida aytilgandek, Portugaliyada oğir uçraşuv ötkazgani jismoniy tarafdan mehmonlar imkoniyatini oşirişi mumkin.
ÇeLSI – LIVeRPUL (25 fevral, 20:00)
Angliyada tur öyinlaridan taşqari, Liga kubogi finali ham şu hafta ötkaziladi. Sönggi yillarda finallar uçun klassikaga aylanib ulgurgan juftlik bu safar ham orani oçiq qiladilar. Esingizda bölsa, ikki yil oldin har ikki kubok finalida «Liverpul» va «Çelsi» töqnaş kelgan va har ikki öyinda ham hisob oçilmay, penaltilar seriyasida Klopp şogirdlarining qöli baland kelgandi.
Umuman, to şu oyning boşida «Liverpul» «Enfild»da raqibini 4:1 yutgunça, qatorasiga 7 özaro öyinda jamoalar faqat durang natida qayd etgandilar. Eslangan mazkur uçraşuv «Liverpul»ning yaqqol ustunligida ötib, har jihatdan «Çelsi»dan ustunligini namoyiş eta olganini ta’kidlaş kerak. Ammo aytiş mumkinki, «Liverpul» tarkibidagi muammolar balkim öşa darajani namoyiş qilişga halaqit berişi mumkin.
Avvalo, Saloh bilan Nunes – aslida jiddiy jarohat haqida xabarlar bölmasa-da, Klopp hafta örtasidagi «Luton»ga qarşi öyinda ularni qaydnomaga kiritmadi. Albatta, har ikki futbolçi hozir jamoa bilan birga, ammo qay darajada tayyor ekani biroz şubha ostida turibdi. Ayniqsa, terma jamoadan jarohat bilan kelgan Saloh borasida biroz extiyotkorlik talab qilinadi. Nunes esa, katta ehtimol maydonga tuşişi kerak, zero klub rasmiy akkaunti ham aynan Darvinning rasmi bilan öyinni e’lon qildi. Saboslai, Trent, Matip va Jota uzoq muddatga safdan çiqişgan, Alison Beker ham eng yaqin terma jamoalar bilan boğliq tanaffusdan söng qaytadi. Buning ustiga Ketrin Jonsning ham jarohati ortiqça böldi. Xullas, agar hamma soğ bölsa, maydonda bölişi aniq bölgan kamida 4-5 futbolçi Kloppga yordam bera olmaydi. Albatta, bu borada «Çelsi»ga xavas qiliş mumkin emas, Poçettino aynan şu rejimda mavsum boşidan beri öynaşga majbur bölmoqda. Biz bilgan eski jarohatlardan taşqari, Tiago Silvaning ham uşbu uçraşuvga tayyor ekani şubha ostida.
Ammo şuni aytiş mumkinki, ötgan öyindan farqli ravişda bu safar «Çelsi»ning imkoniyatlari yuqori bölişi kerak. Birinçidan, öyin «Enfild» emas, «Uembli»da bölib ötadi. Ikkinçidan, yuqori tilga olingan jarohatlar bilan ham «Liverpul» «Luton»ga qarşi eng yaxşi taymlardan birini ötkazgan bölsa-da, 1-taymda «Luton» juda munosib qarşilik körsata oldi va hatto hisobda oldinda borayotgandi. Tabiiyki, «Çelsi» ança kuçliroq ijroçilarga ega.
Finaldagi yana bir yaqqol intrigalardan biri Klopning «Liverpul»dagi sönggi mavsum ekanidir. Töğri, jamoa Liga kubogidan taşqari, yana uçta sovrin uçun kuraşni davom ettirmoqda, öşa turnirlarda jamoa hali yölning boşida ekanini inobatga oliş kerak. Ya’ni, Klopp uçun bu öyin jamoasidagi oxirgi final va hatto balki oxirgi sovrin bölişi ehtimoli ham bor. Jamoa bilan deyarli barça sovrinlarda yutgan Klopp uçun, agar öyin oxirida sovrinni qölga kiritişsa, özgaça hissiyot bölişi tabiiy. Albatta, finaldagi yutuk «Liverpul»ga keyingi öyinlar va musobaqalar uçun ajoyib motivatsiya böladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi