«Arsenal»da yana yirik ğalaba, «Bavariya»da inqiroz. Yevropada kun öyinlari
|14:55 / 07.04.202414 71820 min
Ispaniyada kubok finali ötkazildi, Germaniyada çempion nomi aniq. Şanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
«Arsenal» bilan golsiz durangdan keyin amaldagi çempionlar ikkita yorqin va gollarga boy öyin ötkazdi. «Aston Villa» bilan öyinda «Siti» safida Foden het-trik qayd etdi. Şanba kuni De Bryuyne undan estafetani qabul qilib oldi. Belgiyalik futbolçi «şaharliklar» safida APLdagi 250-öyinida raqibning tezkor goliga javob sifatida aylanma zarba yöllaş bilan benefisini boşladi. Keyin — ikkinçi bölim boşida Lyuis jamoani hisobda oldinga olib çiqqanidan keyin — De Bryuyne Holandga assistentlik qildi. Turli statistika manbalariga köra, bu Kevinning faoliyatidagi 300-samarali pas böldi. De Bryuyne mezbonlarni uzil-kesil taslim qiluvçi törtinçi golni ham urdi va jamoadagi gollari sonini 100 taga yetkazib qöydi. U «Mançester Siti»ga ötganidan buyon undan köproq golni faqat Aguero (152) va Sterling (130) urişgan. Ammo asosiysi, Hosep Gvardiola jamoasi oçkolar soni böyiça «Liverpul»ga yetib oldi va qizillarning javobini kutadigan böldi. Yakşanba kuni mersisaydliklar «MYu» mehmoni böladi.
Ogohlantirişlar: Damsgor (42), Vissa (53), Diyego Karlos (84), Duglas Luis (90+7).
Payşanba kuni «Çelsi» va «MYu» iştirokida keçgan telbavor öyindan keyin muxlislarni ajablantiriş qiyin edi. Ammo «Aston Villa» va «Brentford» kamida ulardan ortda qolişmaslikka qaror qilib, muxlislarga beşta gol urilgan ikkinçi bölimni taqdim etişdi. «Asalarilar» «MYu»ga qarşi öyinda ham töqqizinçi daqiqada mağlubiyatdan qutulib qoliş orqali ajoyib syujyet namoyiş etişgandi. Bu öyinda esa ular ikkita gol ötkazib yuborganidan keyin ham sinib qolmadi. Bu gollarga Tomas Frank jamoasi töqqiz daqiqa (!) içida uçta aniq zarba bilan javob qaytardi, gollardan ikkitasiga himoyaçi Regilon hammualliflik qildi. Agar hisob özgarmay qolganida, Unai Emeri jamoasi «Mançester Siti»dan uçralgan 1:4 hisobidagi mağlubiyatdan keyin öziga kela olmagani haqida gap-sözlar paydo bölgan bölardi. Ammo öşa öyinda birminghemliklarga ularning eng yaxşi töpurari Uotkins yordam bera olmagandi. Safga qaytgan forvard sönggi daqiqalarda dublni rasmiylaştirdi va jamoasiga oçko keltirdi. Şuningdek, mavsumdagi gollarini 18 taga yetkazib olgan Uotkins bir mavsumdagi sermahsullik böyiça jamoa rekordini takrorlaşiga bir gol qoldi, hozirça bu natija Bentekega tegişli. Şu bilan birga, u «gol+pas» tizimi böyiça 27 ball jamğargan holda jamoa tarixiga kirdi.
Şanba kungi öyinlarni yakunlab bergan «Arsenal» yana birinçi öringa çiqib oldi. «Brayton» maydonida londonliklar töliq ustunlik körsatişdi, avvaliga Saka va Gabriel Jyezusning qator zarbalari gol bilan yakunlanmay qoldi, hujumçilarga goh aniqlik yetişmadi, goh darvozabon qahramonlik körsatdi. Ammo bölimning ikkinçi yarmida braziliyalik penalti işladi, jarohatidan tuzalib qaytgan angliyalik futbolçi esa uni aniq ijro etdi.
Saka bu mavsumda 11 metrlik zarbani xatosiz bajarmoqda (5) va bu borada faqat «Çelsi»ning ştatdagi penaltiçisi Palmerdan (8 urinişdan 8 ta gol) ortda. Şundan keyin londonliklar saviya hisobiga öyinni ğalaba bilan yakunlaşdi, jamoa birinçi bölimdagi ustunlikdan ğalabani saqlab qolgan öyinlari seriyasi 40 taga yetdi. Yil boşidan buyon yuqori sport formasini saqlab qolayotgan Haversning goli amalda öyin masalasini hal qildi.
Zaxiradan maydonga tuşgan Trossar esa qarşi hujumda sobiq jamoasi darvozasini işğol etib, hisobni yirik körinişga keltirdi.
Mikel Arteta jamoasi nafaqat köp gol urmoqda, balki juda yaxşi himoyalanmoqda ham. Ular APLda qatorasiga beşta safar öyinida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, bunaqasi 1997 yildan buyon kuzatilmagandi, endilikda jamoa urilgan va ötkazib yuborilgan gollar nisbatini «+50» körinişiga keltirdi.
«Atletik» nafaqat «Malyorka»ga qarşi, balki özining kubok komplekslariga qarşi ham kuraşişi kerak edi. Basklar — kubokda qatorasiga olti finalda mağlub bölgan yagona jamoadir, sönggi ikki mağlubiyat pandemiyadan çiqiş davrida bir kalendar yiliga töğri kelgandi (2020 yilda «Sosiyedad»dan, 2021 yilda «Barsa»dan mağlubiyatga uçralgandi). Ernesto Valverde jamoasi bu safargi öyinni ham öz darajasidan past boşladi. Finalga çiqişining özi sensatsiya bölgan raqib bir hujumning özida uç bor zarba berib hisobni oçdi.
Va faqat bölim oxirlariga borib «Atletik» favorit sifatidagi maqomiga mos harakat qila boşladi. Niko Uilyams ofsaydda qolib ketgani uçun uning goli bekor qilindi, ammo hujum juda çiroyli amalga oşirilgandi. Ikkinçi bölim boşida barça qoidalarga mos keladigan holda javob goli urildi, bu hujumda Uilyamslarning kiçigi ajoyib uzatma bilan raqib mudofaasini doğda qoldirdi va Sanset undan kam bölmagan çiroyli zarba bilan uzoq burçakni aniq nişonga oldi. Ammo «Malyorka» kuçli bosimga qaramay boşqa gol ötkazmadi va öyinni overtaymga olib ötdi. Bungaça orolliklar jamoasi pley-offning ikki bosqiçida şunday qöşimça bölimlarda ğalaba qozongandi.
Ammo nominal mezbonlar hujumkor öynaşda davom etişdi, Niko Uilyams darvozabon hududidan turib bergan zarba biroz xato ketdi. Boşqa tomondan, Muriki ham gol uriş imkoniyatiga ega böldi. Yakunda ğolib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan böldi. Basklarning omadsiz finallarida iştirok etmagan 23 yoşli darvozabon Agirresabala esa ikkinçi zarbani qaytardi va uçinçi bölib nuqtaga yaqinlaşgan raqibni xato qilişga majbur etdi. «Atletik» vakillarining barçasi, jumladan oldingi yutqazilgan tört finalda öynagan Muniain ham aniq zarba berdi. Bilbao 40 yillik kutişdan keyin yana sovrin qölga kiritdi.
«Milan» «Leççe»ni osonlik bilan mağlub etdi, barçasi Pulişiç uzoq masofadan aniq zarba yöllab, sermahsullik böyiça öz rekordini örnatişi bilan boşlandi. Amerikalik futbolçi bunga qadar kuçli beşlik çempionatlarida bir mavsumda 10 ta gol urmagandi. Keyin esa rossonerilarning ştatdagi töpurarlari katta sahnaga çiqdi. Jiru — öziga xos uslubda gol urdi — burçakdan uzatilgan töpni boş bilan darvozaga yölladi. Ikkinçi bölimda esa Adli qatorasiga ikkinçi öyinda Rafael Leauni golli pas bilan ta’minladi. Bungaça birinçi bölim oxirida mezbonlar bir kişi kam bölib qolişgandi. Krstoviç karatega xos usul bilan töpga emas, Çukvuezega zarba berdi va unga oğir jarohat yetkazişiga bir baxya qoldi.
Mançini birinçi bölim oxirida burçak zarbasidan keyin hisobni oçişini adolat tantanasi deyiş mumkin edi. Statistika nuqtayi nazaridan ham bu alohida hodisa böldi, çunki italiyalik himoyaçilar töqqiz yildan buyon Rim derbisida «börilar» uçun gol urmagandi. Top-4 uçun kuraşni davom ettirayotgan «Roma» birinçi bölimda raqibdan yaxşiroq körindi va bir neça vaziyatda faqat omad tufayli «Latsio» goldan qutulib qoldi.
«Burgutlar» ham tanaffusdan keyin faollaşdi, Kamada darvozani işğol ham etdi, ammo ofsayddan. Keyin esa Dibala va Genduzi örtasida munozara kelib çiqdi, fransuz futbolçisi argentinalik raqibning böynidan böğdi, futbolçilar ularni ajratib qolişdi. Yakunda argentinalik futbolçi fransuzga JÇ-2022 ğolibligiga bağişlangan şitni körsatib, ulardan qaysi biri çempion ekanini eslatib qöydi.
Paredes esa Pedroga provokatsiya qilib, uni sariq olişga majbur qildi. Umuman, bu öyinda töqnaşuvlar golli vaziyatlardan köproq böldi va şunday öyinda ötgan mavsum oxiridan buyon öynamagan Abrahamning qaytişi röy berdi. Angliyalik hujumçi gol ura olmadi, ammo ikki yillik tanaffusdan keyin aşaddiy raqib ustidan ilk ğalabani saqlab qolişga yordam berdi, «Roma» bungaça qatorasiga tört öyinda hamşaharlariga gol ham ura olmagandi.
Germaniya: «Bavariya»da ketma-ket mağlubiyatlar, «Borussiya» kuçli törtlikdan çiqib ketdi
Germaniya çempionatining 28-turida sensatsiya röy berdi. Ötgan turda nemis klasikosida köp yillardan buyon öz maydonida «Borussiya»ga ilojsiz holatda yutqazgan (0:2) «Bavariya» bu turda ötgan mavsumda ikkinçi bundesligada öynagan «Haydenhaym»ga yutqazdi. Qolaversa, jamoa birinçi bölimdagi 2:0 hisobidagi ustunlikni boy berdi.
Ikkinçi bölimda öyin butkul özgarib ketdi. Barçasi atigi ikki daqiqa içida bölib ketdi. 50-daqiqada Sessa hisobni qisqartirdi, 51-daqiqada mezbonlar töpurari Klyayndinst muvozanatni tikladi. Gollar orasidagi vaqt atigi 86 soniya. «Bavariya» kutilgan gollar (xG) körsatkiçi böyiça raqibdan ustunlik qildi, ammo urilgan gollar böyiça yutqazdi. Klyayndinst 79-daqiqada «Haydenhaym»ga ğalaba keltiruvçi golni urdi. Mezbonlar vakillar uçala golli hujumda ham amalda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketdi.
Boşqa tomondan, «Haydenhaym» ötgan turda ham Ştutgartda çempionatning uçinçi jamoasiga qarşi öyinda 0:2 hisobini 3:2 körinişiga keltirgandi, faqat öşanda mezbonlar qöşimça daqiqalarda hisobni tenglaştirişga erişgandi. Tomas Tuxel esa öz futbolçilarini öziga keltira olmadi.
«Bavariya» 2011/2012 yillar mavsumidan buyon bir mavsumda beşdan ortiq öyinda yutqazdi. Uçraşuvdan keyin klub sport direktori Maks Eberl yozda jamoada köplab özgarişlar röy berişini ma’lum qildi.
Bu vaqtda «Bayyer» «Union» maydonida minimal hisobda ğalaba qozondi. Bunda berlinliklar birinçi bölim oxirida bir kişi kam bölib qolgani ham yordam berdi. Öyindagi yagona gol Virs nomiga yozildi, u VAR orqali belgilangan penaltini aniq ijro etdi. «Bayyer»ning mağlubiyatsiz seriyasi 41 öyinga yetdi. Alonso jamoasida bu öyinda mağlubiyatga uçraş imkoniyati ham yöq edi, «Union» futbolçilari darvoza sohasiga birorta aniq zarba yöllay olmadi. Endi «Bayyer»ning ikkinçi örindagi «Bavariya» bilan farqi 16 oçkoga yetdi.
Bundesligada yana oltita tur qoldi. «Bayyer» Germaniya çempionligini rasmiylaştirişi uçun bitta ğalaba yetarli. Klub 120 yillik tarixida heç qaçon çempion bölmagan.
Leverkuzenliklar katta ehtimol bilan keyingi öyinda, 14 aprel kuni 11-örinda joylaşgan va heç narsa uçun kuraşmayotgan «Verder»ga qarşi uy öyinida çempionlikni nişonlaydi. Holbuki Xabi Alonso ötgan mavsumda «Bayyer»ni qabul qilganida jamoa 17-örinda kelayotgandi.
Bundesligadagi asosiy intriga Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi törtinçi örin uçun keçmoqda. Bu raqobatda yana «Leypsig» dastlab «Frayburg»ni yirik hisobda yengdi (4:1) va töplangan oçkolar soni böyiça «Borussiya»ga tenglaşib oldi. Dortmundliklar esa turning markaziy bahsida «Ştutgart»ni qabul qildi, ammo jamoa futbolçilari şu qadar mas’uliyatli öyinda vaziyatlarini yöqqa çiqarişdi.
Birinçi bölimda Adeyyemi yakkama-yakka vaziyatda gol urolmadi. Keyin esa Dortmunddagilar mavsum oxirida köp eslaşi mumkin bölgan vaziyatlardan biri röy berdi. Nyubel Nmeçaning zarbasini qaytarganida töpga ega çiqqan Şlotterbekning qarşisida himoyasiz darvoza qolgandi, ammo uning bir yarim metrdan yöllagan zarbasi yuqoridan ötib ketdi. Girassi esa kerakli pallada hisobni oçib, 24 gol bilan «Ştutgart»ning yangi rekordini örnatdi. Şvablar jamoasi endi oçkolar soni böyiça «Bavariya»ga yetib oldi, «asalarilar» qöşimça körsatkiçlar böyiça «Leypsig»ni törtinçi öringa ötkazib yubordi.
«PSJ» dastlabki yarim soatni şunday ötkazdiki, turnir jadvalida sönggi örinda qolayotgan raqib ğalabani özi tortiq etişi kerakdek. Parijliklar xayoli Çempionlar ligasi bilan band edi, ammo Luis Enrike öynaş imkoniyatini bergan futbolçilar natija keltira olmagani ham ğalati edi. «Klermon» esa öz hujumida parijliklarning tuşunarsiz xatolaridan maksimum çiqarib oldi. 17 yoşli Meyulyuning javob goli esa qoidabuzarlik tufayli bekor qilindi.
Amaldagi çempionlar faqat ikkinçi bölimning örtalariga kelib öziga öxşay boşladi, ammo uzoq vaqtgaça şu kuni juda kuçli öyin namoyiş etgan darvozabonga gol urişning imkoni böldi. Natijada parijliklar murabbiylar ştabi bir vaqtning özida Markinos, Li Kan In va Mbappeni maydonga tuşirişiga töğri keldi. Ammo Kilian ham qulay vaziyatni yöqqa çiqarib, Gonsalu Ramuşning zarbasidan keyin tösindan qaytgan töpni darvozabonning qöllariga qarata tepdi. Ammo aynan şu juftlik «PSJ»ni kulgiga qolişdan saqlab qoldi. Hujumçilarning devor uslubidagi kombinatsiyasi Ramuş yakkama-yakka vaziyatdan hisobni tenglaştirişi bilan yakunlandi.
Kun statistikasi
«Kyoln» 1-bor 90-daqiqagaça yutqazib turgan öyinida ğalaba qozondi.
2 futbolçi — bavariyaliklar safida Keyn va «Leypsig» forvardi Openda — oltmiş yil oldingi natijani takrorlaşdi. Bundesliga tarixida ikkinçi bor bir mavsumda birdaniga ikki futbolçi kamida 20 gol urişgan.
Haverts APLdagi eng yaxşi mavsumini ötkazmoqda — 9 gol. Bu — uning «Arsenal»dagi debyut mavsumi. Avvalgi 3 yilni «Çelsi»da ötkazgan.
«PSJ» 27 öyindan beri yutqazmayapti.
«Atletik» 40 yilda ilk bor Ispaniya Kubogini yutdi. Bilbao klubi (24) çempionliklar soni böyiça faqat «Barsa»dan (31) orqada.
De Bryuyne «Siti»dagi 100-golini urdi. U klubda 372 öyinda 267 oçko (100+167) töplagan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi