20:45 / 01.05.2017
4079

Abdulaziz Komilov Ashxobodda BMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

Foto: Kazpravda.kz

30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ashxobod shahrida BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan BMT, shuningdek, MOPDMM o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari, BMT Mintaqaviy markazi kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Top