18:37 / 01.05.2017
6017

Havo kemalari bortlarida Beeline‘dan rouming taqdim etuvchi avialiniyalar ro‘yxati kengaydi

Foto: Beeline

Eng yirik aloqa operatori Beeline havo kemalari bortida rouming xizmatlarini taqdim etadigan avialiniyalar ro‘yxati kengaygani haqida xabar berdi. 

Ushbu xizmat Beeline va AeroMobile Britaniya operatori bilan hamkorlikda taqdim etiladi. Beeline‘dan rouming quyidagi avialiniyalar bortida amal qiladi:

- Airberlin 
A330-200, A319, A320, A330 samolyotlarida
- AirSerbia
A319, A320 samolyotlarida
- Alitalia
A330-200 samolyotlarida
- CATHAY PACIFIC
A350-900 samolyotlarida
- EUROWINGS
A330 samolyotlarida
- Kuwait Airways
B777-300ER samolyotlarida
- Malindo Air
B737-900 samolyotlarida
- SWISS
B777, A330 samolyotlarida
- TURKISH AIRLINES
B777-300ER samolyotlarida

Yangi qo‘shilgan avialiniyalardan tashqari Beeline roumingi quyidagi aviakompaniyalar samolyotlarida ham mavjud: Transaero, British Airways, Air France, Lufthansa, KLM, SAS, Emirates, Virgin Atlantic, Qatar Airways, Etihad Airways, Singapore Airlines, Aer Lingus va Eva Air.  Aviakompaniyalar ro‘yhati doimiy ravishda kengayib bormoqda. 

Samolyot bortida roumingdan foydalanish juda oson: uchib, yuksaklikka yetgandan so‘ng Beeline SIM-kartasiga ega bo‘lgan uyali vosita avtomatik ravishda, yoki mustaqil yoqish orqali Aeromobile tarmog‘iga ulanadi. Abonent operatordan salomlashuv xabarini oladi. Undan keyin telefondan qo‘ng‘iroq qilish, SMS yuborish va Internetga chiqish uchun foydalanish mumkin. 

Mavzuga oid
Top