Beeline Uzbekistan «Bee Generation»ning 16-mavsumi uçun arizalar qabul qilişni boşlangani haqida xabar beradi. Uşbu stajirovka dasturi talabalarga öz faoliyatini xalqaro kompaniyada boşlaş va biznesning turli sohalarida qimmatli iş tajribasiga ega böliş imkoniyatini beradi.

Bee Generation IT, Digital-texnologiyalar, moliya, marketing, mijozlar tajribasi, B2C va B2B savdolari, HR, PR va yuridik yönaliş kabi turli sohalarni qamrab oladi. Intensiv amaliyot dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarining talabalari digital-operatorning biznes jarayonlariga şönğiş, real loyihalarda iştirok etiş, real muammolarning yeçimini topiş va Özbekiston telekommunikatsiya sohasini rivojlantirişga hissa qöşiş imkoniyatiga ega böladi. Dastur professional könikmalarni rivojlantiriş, qiziqarli muammolarni hal qiliş hamda mutaxassislar va soha rahbarlari bilan aloqa örnatiş imkoniyatiga qaratilgan.

Bee Generation dasturi mavjud bölgan davrda 300 dan ortiq talaba amaliyot ötagan va ularning 40% dan ortiği kompaniyada iş örnini muvaffaqiyatli egallagan. Bu ham talabalar uçun, ham kompaniyaning özi uçun dasturning yuqori samaradorligi va ahamiyatliligidan dalolat beradi.

«Beeline Uzbekistan stajirovkasi yoş mutaxassislar uçun muvaffaqiyatli karera sari ilk qadam bosiş, qimmatli iş tajribasiga ega böliş va kasbiy mahoratini kengaytiriş imkoniyatidir. Bizga qöşiling va Özbekiston telekommunikatsiya sohasining kelajagini şakllantirayotgan jamoaning bir qismiga aylaning!» — deya ulaşadi Sofiya Gaynutdinova, Beeline Uzbekistan xodimlar, taşkiliy rivojlaniş va ma’muriy qöllab-quvvatlaş direktori.

Bee Generation dasturida iştirok etiş uçun arizalar kompaniyaning rasmiy saytida 18 aprelgaça qabul qilinadi. Bu yoş mutaxassislar uçun öz faoliyatini muvaffaqiyatli va xalqaro kompaniyada boşlaş, soha mutaxassislaridan qimmatli tajriba va bilim oliş uçun noyob imkoniyatdir.

Bee Generation amaliyot dasturi haqida tafsilotlarni digital-operator saytidan biling.

 ***

Unitel MÇJ 2006 yilning 12 sentabridan boşlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar körsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan boş qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) şahrida joylaşgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.