12:52 / 01.05.2017
24724

«Barselona»: Yozgi transferlar uchun rejalar

Foto: Marca

«Barselona» yozda jiddiy transferlar kampaniyasi olib bormoqchi. AS nashrining yozishicha, klub yangi futbolchilar sotib olinishi uchun 100 million yevro ajratadi. Katalonlar jamoasi ikki qanot himoyachisi va Andres Inesta o‘rniga bir xavbek sotib olishni rejalashtirgan

Jamoaning mudofaa chizig‘i uchun Ektor Bellerin («Arsenal») va Teo Ernandes («Atletiko») olib kelinishi kutilmoqda. «Barsa» yarim himoyasiga esa «Liverpul»dan Filippe Koutino yoki «PSJ»dan Marko Verratti xarid qilinishi mumkin.

Klub shuningdek, moliyaviy fair play talabi tufayli bir qancha futbolchilar bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Jamoani Arda Turan, Jyeremi Mate va Andre Gomish tark etishi kutilmoqda.

«Barselona» ayni vaqtda Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda (81), ammo «Real»da (81) bitta zaxira o‘yini mavjud.

Top