8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:21 / 07.05.2017 2947

O‘rta yer dengizida bir kun ichida 3 mingga yaqin muhojir qutqarib qolindi

Foto:AP Photo / Santi Palacios

Yevropaga o‘tmoqchi bo‘lgan 3 mingga yaqin noqonuniy muhojir 6 may kuni O‘rta yer dengizida qutqarib qolindi. Bu haqda Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xabar bermoqda. 

Yordam Rimdagi bosh qo‘mondonlik tomonidan boshqarilgan, Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati, mamlakat harbiy-dengiz kuchlari, Yevropa Ittifoqining O‘rta yer dengizidagi harbiy-dengiz migratsiya missiyasi EunavforMed va bir qator nohukumat tashkilotlarining kemalari ishtirokida 20 ta qutqaruv operatsiyasi doirasida ko‘rsatildi.

Shimoliy Afrikadagi migratsiya bilan bog‘liq vaziyat Italiyani bu muammo bo‘yicha maxsus vazirlik uchrashuvini chaqirtirishga undadi. Avvalroq Italiya tashqi ishlar vaziri Anjyelino Alfano ma'lum qilgandek, uchrashuv 6 iyulda bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etishga Liviya, "migratsiya oqimiga uchrayotgan davlatlar", Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini, BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari taklif qilinishgan. 

Hozirda Yevropa Ikkinchi jahon urushidan beri eng jiddiy migratsiya inqirozini boshdan kechirmoqda. Bu inqiroz birinchi navbatda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlaridagi iqtisodiy muammolar va qurolli mojarolar sababli yuzaga kelgan.

Joriy hafta boshida Xalqaro migratsiya tashkiloti joriy yilda Yevropaga dengiz yo‘li bilan 43 mingdan ko‘proq qochqin kelganini, O‘rta yer dengizini kechib o‘tishda 1089 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi.

Top