Oxirgi vaqtlarda Yevropaning köplab davlatlarida mintaqadagi asosiy oziq-ovqat işlab çiqaruvçilar bölmiş fermerlar öz hukumatlariga keskin e’tirozlarini bildirib kelmoqda. 26 fevral kuni Belgiya poytaxti Bryusselda joylaşgan Yevropa Ittifoqi binosi yaqinida yirik agronamoyiş bölib ötdi.
900 ta traktor bilan «qurollangan» fermerlari Bryusseldagi Yevropa kvartalini tösib qöyişdi. Ular namoyiş uçun ittifoqqa a’zo davlatlar qişloq xöjaligi vazirlarining uçraşuv vaqtini tanladi.

Oxirgi vaqtlarda bunday namoyişlar butun Yevropa böylab ötkazilmoqda. Xöş, yevropalik fermerlar nimadan norozi bölmoqda?
Yevropa dehqonlari qişloq xöjaligi sektori uçun beriladigan subsidiyalar bekor qilinişiga keskin qarşi. Fermerlarning aytişiça, ularning daromadlari inflatsiya va boşqa sektordagilar daromadlariga mutanosib tarzda ösmayapti.
Yevropa davlatlari fermerlarga uzoq yillar davomida juda köp qulaylik, imtiyozlar taqdim etib keldi. Masalan, ularga dizel yonilğisi uçun subsidiya beriladi, har bir gektar yer uçun qöşimça pul taqdim etiladi va yana köplab çegirmalar beriladi.

Ukrainadagi uruş sabab mudofaa xarajatlarini keskin oşirgan Yevropa hukumatlari esa nima qilib bölsa ham budjet pullarini tejaş payida. Masalan, bu imtiyozlar bekor qilinişi Germaniya budjetining öziga yiliga 480 million yevro tejaş imkonini beradi.
Bryusseldagi namoyişlarda asosan Belgiya, Fransiya va Germaniyadan kelgan fermerlar qatnaşdi. 900 ta traktor bilan «qurollangan» fermerlar erkin savdo böyiça kelişuvni bekor etişni talab qilmoqda. Şuningdek, ular byurokratik tösiqlar köpligidan ham norozi. «Fermer daladan köra kompyuter oldida köproq vaqt ötkazişga majbur bölmoqda», degan namoyişçilardan biri.

Foto: AP Photo / Harry Nakos
Fransiyalik namoyişçi Morgan Odining aytişiça, Yevropa Ittifoqining neoliberal siyosati oziq-ovqat narxlari haddan taşqari tuşib ketişiga olib kelmoqda. Oqibatda mahalliy fermerlarning daromadlari ham kamaymoqda. «Biz Yevropa Ittifoqidan fermerlarni qöllaydigan qonun qabul qilişni söraymiz. Bizga tölanadigan pullar xarajatlarimizdan köproq bölişi kerak. Ispaniya şunday qildi, nega qolganlar qilmasligi kerak?» degan u.

Foto: AP Photo / Harry Nakos
1 litr dizel uçun 21 sent subsidiya
Germaniya fermerlar traktorlarida işlatadigan 1 litr dizel uçun 21 sentgaça subsidiya oladi. Masalan, Berlin ğarbidagi Peter Kaym ismi fermer ming gektar maydonda fermerlik bilan şuğullanib, 170 ta sut beradigan sigir boqadi. Uning traktorlari bir yil davomida 120 ming litr dizel yoqadi. Fermer hozirgaça dizel uçun qilgan yillik xarajatlarining 25 ming yevrosini qaytib olgan.

Yevropa Ittifoqi mana şu subsidiyalarni asta-sekin kamaytirib, 2026 yilda butkul bekor qilmoqçi. «Biz dunyodagi eng sifatli mahsulotlarni yetiştiramiz. Nega endi ularni jahon bozoridagi narxda sota olmasligimiz kerak?» degan fermer sohadagi neoliberal siyosatni tanqid qilar ekan.
Nemis fermerlarining aytişiça, ular şundoğam 5 yil avvalgidan kamroq subsidiya va dotatsiyalardan foydalanmoqda. Bu galgi subsidiyalar paketining bekor qilinişi esa daromadi katta bölmagan fermer xöjaliklari yopilib ketişiga ham olib kelişi heç gap emas.

Dizel uçun subsidiyadan taşqari nemis fermerlari har bir gektar yer uçun töğridan töğri YeI budjetidan 300 yevro subsidiya oladi. Qişloq xöjaligi böyiça iqtisodçi Alfons Balman esa fermerlarning namoyişlarini börttiriş deb hisoblamoqda. Uning sözlariga köra, dizel uçun imtiyoz YeI fermerlarga taqdim etib kelayotgan subsidiyalarning atigi 5 foizini taşkil qiladi.

Fermerlar noroziligidan keyin nemislar hukumati bu subsidiyalarni birdan bekor qilmaslikka qaror qildi.
Yevropa fermerlari mintaqaning barça davlatlarida dizel yonilğisi narxi bir xil emasligi raqobatga töğridan töğri ta’sir qiladi deb hisoblaşadi. Nemis fermerlari noroziligida ham jon bor, çunki Yevropa Ittifoqining 20 ga yaqin davlatida dizel Germaniyadagidan arzonroq.
Bundan taşqari Ukrainadan imtiyozli tarzda kirib kelayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari narxlarni tuşirib, yevropalik fermerlarning daromadlariga salbiy ta’sir körsatmoqda. Polşada Urkainadan olib borilayotgan don mahsulotlari tökib taşlanayotgani ham şu bilan boğliq.












