Uzoq muddatli prognozlarni yuqori aniqlikda qiliş qiyin. Biroq “Ob-havo va iqlim dinamikasi” jurnali Yevropada yoz qanday kelişi kutilayotgani haqida yangi tadqiqotini e’lon qildi. Örganiş Grenlandiya muzlarining erişiga asoslangan.
Tadqiqot muallifi, Buyuk Britaniya Okeanografiya markazi doktori Marelina Oltmanning qayd etişiça, Grenlandiya muzlari erişi bilan sodir böladigan voqealar zanjiri yozning qanday bölişini körsatişi mumkin.
Grenlandiyadagi iliq iqlim muhiti muzliklar erişiga va Atlantikaga köproq muzlik suvlari oqib borişiga sabab böladi. Muzlik suvi dengiz suviga qaraganda yengil bölgani uçun u dengiz sathida turib qolib, dengiz suvi bilan aralaşib ketmaydi. Va bu suv havo va dengiz örtasidagi issiqlik almaşinuvini kamaytiradi.
Oqibatda muzlik suvi quyilgan qismlarda kuçli şamollar sodir böladi. Şamol yönalişi ta’sirida Şimoliy Atlantika oqimining şimolga siljişi kuzatiladi. Natijada, Yevropa böylab issiq va quruq havo bölişiga sabab böladigan keng kölamli atmosfera sirkulyatsiyasi şakllanadi.
“Aniqlangan voqea zanjiriga asoslanib biz okean-atmosfera şaroiti janubiy Yevropa uçun noodatiy issiq va quruq ob-havoni keltirib çiqarişga mos bölişini prognoz qilyapmiz”, deydi Marelina Oltman.













