17:49 / 14.05.2017
12269

Boku-2017. O‘zbekiston medallar hisobi bo‘yicha yettinchi o‘rinda bormoqda

Foto: trend.az

Ozarboyjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan IV «Islom birdamligi sport o‘yinlari»ning uchinchi kungi musobaqalari davom etayotgan vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi bitta oltin, bitta kumush va 6ta bronza medal olgan holda 54 davlat orasida yettinchi o‘rinda joylashib turibdi.

Turnir jadvalida Ozarboyjon (11-9-3) va Turkiya (10-8-10) yetakchilik qilmoqda. Kuchli o‘ntalikda O‘zbekistondan oldingi pog‘onalarda Indoneziya, Jazoir, Eron va Iordaniya termalari joylashgan, Misr, Pokiston va Bangladesh o‘ntalikni yakunlab bergan.

12 may kuni boshlangan turnir 22 mayga qadar davom etadi. 

Islom hamjihatlik o‘yinlari sportning 21ta turini o‘z ichiga oladi. Bular yengil atletika, suvga sakrash, suzish, suv polosi, basketbol 3x3, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, ushu, stol tennisi, gandbol, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, o‘q otish, tennis, voleybol, boks, zorxana, karate, taekvondo va og‘ir atletika.

O‘zbekiston ushbu turnirga 100dan ziyod sportchisini yuborgan, bu o‘zbekistonliklar turnirda birinchi marta ishtirok etishi bo‘ladi.

Ular sportning 15ta turida O‘zbekiston sharafini himoya qilishmoqda: yengil atletika, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi, karate, taekvondo, og‘ir atletika, boks, handbol, o‘q otish, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, tennis, para-atletika va para-dzyudo.

Mavzuga oid
Top