Boku şahrida Özbekiston Savdo uyini tantanali oçiş marosimi bölib ötdi.

"Dunyo" xabariga köra, savdo uyining oçiliş marosimida Ozarboyjonning rasmiy, siyosiy va işbilarmon doiralari hamda OAV vakillari iştirok etdi.

Tadbir iştirokçilarining nutqlarida Özbekiston va Ozarboyjon örtasidagi munosabatlarning jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Ularga köra, mazkur jarayonning zaminida ikki mamlakatning yurtboşilari örtasidagi yaqin birodarlik va qardoşlik riştalari yotibdi.

Özbekiston Savdo uyi faoliyatiga töxtar ekan, ma’ruzaçilar mazkur tuzilmaning barpo etilişida yangiça yondaşuv va konsepsiya qöllanilganini olqişlab qabul qildi. Jumladan, mazkur tuzilma yil davomida Özbekistonda işlab çiqarilgan quriliş, elektrotexnika, farmatsevtika, tekstil, çarm-poyabzal va boşqa sohalarga mansub mahsulotlarni körgazma qiliş hamda ularga xaridor topişda kömak beriş bilan şuğullanadi.