O‘zbekiston xalqaro TAPH loyihasida ishtirok etadi

Foto: Getty Images
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvida O‘zbekistonning Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPI) gaz quvuri qurilishi loyihasida ishtirok etish istagini bildirdi.
20 may kuni ikki davlat rahbarlari mazkur masalani Turkmanistonning «Avaza» dam olish maskanida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralarda muhokama qilishdi, deb xabar qilmoqda Turkmaniston davlat axborot agentligi.
Berdimuhamedovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek tomonining TAPHda ishtirok etishi uchun barcha imkoniyatlar bor. «Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimizning yirik qo‘shma loyihalarda ishtirok etishidan xursand bo‘lamiz», – degan Turkmaniston yetakchisi.
U, shuningdek, ulkan uglevodorod zaxiralariga ega Turkmaniston va O‘zbekiston energiya yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishga harakat qilayotganini ta'kidladi.
TAPH gaz quvuri yiliga 33 mlrd kub metr gazni o‘tkaza oladi. Umumiy uzunligi 1814 kmni tashkil etuvchi gaz quvuri Turkmanistonning janubidagi Galkinish gaz konidan Hindistonning Fozilka shahrigacha boradi.
Ayni vaqtda, Turkmaniston o‘z mablag‘lari hisobidan mazkur loyihaning Afg‘onistongacha bo‘lgan 214 km.lik masofasini o‘z hududida barpo qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In rahbarligi ostida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Jahon | 17:46
-
O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
Sport | 17:25
-
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi
Jahon | 17:23
-
“Suv toshishi 24 aprelda boshlangandi” - Buloqboshidan reportaj
O‘zbekiston | 16:59
Mavzuga oid

14:12
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:26 / 29.04.2025