Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi
O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Oqqulov Abu-Dabi mehmondo‘stlik akademiyasiga tashrif buyurdi va mazkur oliy ta’lim muassasasi direktori Jorjyetta Deyvi bilan muzokara o‘tkazdi.
Akademiya boshqaruvchi direktori Jorjyetta Deyvi bilan kechgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, turizm jabhasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturlarini amalga oshirish, malaka oshirish kurslarini uyushtirish, qo‘shma ilmiy tadqiqot ishlari ustida ishlash va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
"O‘zbekistondagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm universiteti va Abu-Dabi mehmondo‘stlik akademiyasi o‘rtasida talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikka tayyormiz", dedi Jorjyetta Deyvi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning tegishli oliy ta’lim muassasalari va Abu-Dabi mehmondo‘stlik akademiyasi rahbariyati o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish masalalarini batafsil muhokama qilish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
09:45 / 13.06.2026