Sarbontepa mahallasida yaşovçilarga köra, kanal qirğoğining öpirilişi ança avvalroq – 24 aprelda boşlangan, öşa kuni qirğoqdan suv sizib çiqa boşlagan. Kun.uz muxbiri hodisa joyida bölib, suv toşqini tafsilotlarini örgandi.
Tumanning Şirmonbuloq qişloğiga yetib borganimizda maxsus texnikalar yordamida aholi xonadonlariga tölgan suvni taşqariga çiqariş işlari olib borilayotgan ekan. Kimdir uy içida qolib ketgan körpa-töşaklarni taşqariga taşigan, yana kimlardir devor tagini içkaridan teşib xonadonda töplangan suvni köçaga çiqarişga harakat qilardi. Tomorqalarga ekilgan çesnok va kartoşkalarga ham zarar yetgan. Qaysi bir xonadon “navesi” yiqilgan. Yana bir xonadon egalari esa balçiqni aravaga solib taşqariga taşişardi.

Sarbontepa mahallasi aholisining aytişiça, kanal qirğoği öpirilişi hodisasi asli 24 apreldan boşlangan. Şu sanadan boşlab qirğoqdan suv sizib çiqişni boşlagan.
“Guvala uyimiz qisirlaşni boşladi”
“Peşin mahali edi. Bir payt tösatdan suv kelib hamma yoqni bosib ketdi. Sarosimaga tuşib qoldik. Suv uylar içigaça kötarilib ketdi. Mahallaga çiqib odamlarni yordamga çaqirdik. Köryapsiz ahvolni. Mana, suv tizza böyidan baland. Ariq içi hamma yoq vayrona, suv bosib ketgan. Uylar içi ham suvga töldi.


Uy içidagi buyumlarni olganimizça oldik. Qolgani qolib ketdi. Yertölalar suvga töldi, devorlar allaqaçon qisirlaşni boşladi. Köryapsiz, guvalada urilgan uy, pişiq ğiştmas, guvalada bölgan. Qörqib turibmiz, Alloh saqlasin”, deydi Mirzohid Ğoziyev.
Mebellarimizni olib çiqolmadik...
“Peşinga tayyorgarlik körişni boşlagan paytim uyimizni suv bosa boşladi. Nevaralarni uyga olib kirib qöyib, taşqariga yugurdim. Avvaliga suv yölini tösişga harakat qildik, lekin eplolmadik.

Tez orada uy içigaça suv limmo-lim böldi. Körpalarni taşiy oldim xolos, qolgan mebellar içkarida qoldi. Nevaralarni buvasinikiga jönatib yubordik, özimiz yugur-yugur taş-taşi bölib, hamma yoq ostin-ustun böldi”, deydi uyi suvga tölgan Mohidil Ğoziyeva.













