07:48 / 10.06.2017
32417

Shavkat Mirziyoyev EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Ostona shahridagi EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etdi. 

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya singari 120 dan ziyod davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etmoqda. 

Ko‘rgazmada O‘zbekiston faol ishtirok etayotgangani ekspertlar tomonidan e'tirof etilmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning namoyishi uchun ikki qavatli bino ajratilgan.

O‘zbekiston pavilonining birinchi qavati 630 kvadrat metr maydonni egallagan bo‘lib, unda quyosh, shamol va suv energiyasi mahsulotlari, quyosh energiyasi stendida 2030 yilda avtomobillarni quyosh nuri yordamida qanday quvvatlantirish mumkinligi amalda namoyish etilmoqda va bu ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Pavilonning ikkinchi qavatida mamlakatimizning transport va logistika, turizm sohalari hamda oziq-ovqat, vino va sharbat tayyorlash sanoatida erishilgan yutuqlar, o‘zbek milliy taomlari namoyish etilmoqda.

Top