Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol 88 yoshida o‘zining Lyudvigsxafen-am-Rayndagi uyida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida 16 iyun kuni Bild nashri xabar berdi.
Kol 1982-1998 yillar oralig‘ida GFR kansleri lavozimida faoliyat yuritgan. U ushbu lavozimni to‘rt marta ketma-ket egallashga muvaffaq bo‘lgan yagona nemis siyosatchisidir.
Kol GFR rahbariyatida Yevropa va Germaniyaning birlashuv jarayoni hamda sovuq urushning to‘xtatilishida katta rol o‘ynagan.