«2023 yilning ötgan sakkiz oyida mamlakat böyiça jami 9 milliondan ortiq yöl harakati qoidabuzarligi, jumladan 8 millionga yaqin qöpol qoidabuzarlik, 26 mingga yaqin transport vositasini mast holda boşqariş, 161 mingdan ortiq piyodalar qoidabuzarligi qayd etilgan.

Oqibatda uşbu davrda 5 772 ta yöl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 5 448 nafar fuqaro jarohatlangan va 1 415 nafar fuqaro halok bölgan”, - dedi senator Tolibjon Madumarov Senatning navbatdagi yiğilişida.

Oldinroq e’lon qilingan statistikada 2023 yilning dastlabki 7 oyida sodir bölgan YTHlar tufayli 1115 kişi vafot etgani hamda 4,5 mingdan ortiq kişi jarohatlangani oçiqlandi. Şundan ma’lum bölişiça, 2023 yilning birgina avgust oyida YTHlar oqibatida 300 kişi halok bölgan. Bu esa, bir oyda halok bölganlar kuniga 10 kişidan degani.

Senator Tolibjon Madumarov / Foto: Oliy Majlis Senati

Senatorning ta’kidlaşiça, bugungi kunda Özbekistonda taxminan 11 mingga yaqin piyodalar ötiş joylari mavjud bölib, ularning bor-yöği 1 834 tasida svetofor va piyodalar xavfsizligini ta’minlaşga xizmat qiluvçi boşqa yöl belgilari töliq örnatilgan.

Aksariyat tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylarida haydovçilarni mazkur obekt töğrisida öz vaqtida ogohlantiruvçi yöl belgilari örnatilmagan va yöl çiziqlari töğri çizilmagan. Bundan taşqari, tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylari sutkaning qoronği vaqtlarida tegişli sun’iy yoritiş çiroqlari bilan ta’minlanmagani bois, yöl-transport hodisalarining aksariyat qismi tungi vaqtlarda sodir bölmoqda.

“Tahlillarga köra, 2021-2023 yillar davomida tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylarida 2784 ta yöl-transport hodisasi sodir etilgan bölsa, ularning 1007 tasi sutkaning qoronği vaqtlarida yuz bergan. Haydovçilar tomonidan tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylarida piyodalarga yöl bermaslik ham yöl-transport hodisalarining köpayişiga sabab bölmoqda va bunday holatlar yildan yilga ortib bormoqda.