Ohangaron şahar tibbiyot birlaşmasining tuğuruq bölimida vafot etgan ayolni ölikxonaga olib ketişayotganda uning yaqinlari va şifoxona xodimlari örtasida tortişuv bölgan. Holatga Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamdutdinov munosabat bildirdi. Unga köra, voqea yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilayotgani, tekşiriş harakatlari har tomonlama, töliq va xolisona ötkazilişi va natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlişi ta’kidlangan.
Ayolning ölimi böyiça Soğliqni saqlaş vazirligi ham rasmiy munosabat e’lon qildi. Unda körsatilişiça, 2024 yilning 3 aprel kuni soat 02:45 da 1992 yil Ohangaron şahrida tuğilgan X.A. qorin va beldagi oğriq bilan Ohangaron şahar tibbiyot birlaşmasi tuğuruq bölimiga qabul qilingan. Ayolga “Homiladorlik 4, 39 hafta tuğuruq 3. Tuğuruqning 1 davri, latent fazasi. Semizlik 3 daraja” taşxisi qöyilgan bölib, bemor şifokorlar nazorati ostida bölgan. 4 aprel kuni soat 14:10da ayolning tösatdan ahvoli oğirlaşib, havo yetişmasligi va yurak sohasida oğriq bilan nafas olişi qiyinlaşgan.
“Şundan söng zudlik bilan reanimatolog iştirokida bemorda zarur reanimatsion çoralar amalga oşirilgan. Şunga qaramay, soat 14:35 da ayolda biologik ölim holati kuzatilgan”, – deyiladi munosabatda.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, bemorning ölimiga yurak işemik kasalligi, ötkir koronar yetişmovçiligi, yurak muşaklarining gipertrofiyasi va ötkir miokard infarkti sabab bölgan. Asorati: Ötkir yurak va nafas yetişmovçiligi. Öpka şişi. Boş miya şişi. Yondoş: Homiladorlik 4, tuğuruq 3, homiladorlik 39-40 hafta. Baçadon şilliq qavatlariga qon quyilişi. Semizlik 3 daraja. Ötkir jigar gepatozi. Homila içi asfiksiyasi. Homila antenatal ölimi.
Vazirlik holat böyiça huquq-tartibot idoralari tomonidan suriştiruv işlari olib borilayotgani, yakuniy xulosalar böyiça jamoatçilikka qöşimça ma’lumot berilişini ma’lum qilgan.

















