8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

17:17 / 19.06.2017 10839

Venger yozdagi ilk katta transferiga tayyorlanmoqda

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger «Barselona» yarimhimoyachisi Arda Turonga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Turkiyaning AMK nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ingliz grandi futbolchi uchun kataloniyaliklarga 30 mln yevrolik taklif berishga tayyorligini ma'lum qilgan. 

2015 yilning yozida «Barselona» Turon uchun «Atletiko»ga 34 mln. yevro to‘lagandi. Kataloniya klubi rahbariyati Turonning agenti bilan aloqaga chiqqan va futbolchining xizmatiga boshqa muhtoj emasliklarini bildirgan.

Turonning ispan grandi bilan shartnomasi 2020 yilga qadar mo‘ljallangan.

Top