Braziliyaning San-Paulu shahridagi ko‘chalardan birida avtomobil skeytbordchilarga qarab haydab borildi. Bu haqda TVNZ telekanali xabar berdi.
YouTube’da e'lon qilingan videoda qora rangli mashina skeytbordlarda uchayotgan yosh yigit-qizlarning orasidan katta tezlikda o‘tib ketganini ko‘rish mumkin.
Hodisa oqibatida uch kishi jarohatlandi. Avtomobil haydovchisi yashiringan, mahalliy politsiya uning shaxsini aniqlash harakatida.