20 ta yetakçi sanoat va rivojlanayotgan mamlakat moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari San-Pauludagi yiğilişda qöşma yakuniy bayonot böyiça kelişa olmadi. Buning örniga G20’ga raislik qilayotgan Braziliya 29 fevral, payşanba kuni öz xulosasini e’lon qildi.
«Vazirlar jahon iqtisodiyoti istiqbollarini muhokama qilar ekan, Ukraina va Ğazoga e’tibor qaratib, hozirgi uruşlar, mojarolar va gumanitar inqirozlar böyiça fikr almaşdi. Braziliya raisligi moliyaviy trek - geosiyosiy muammolarni hal qiliş uçun mos forum emasligini ta’kidladi hamda bu masalalarni tegişli forum va yiğilişlarda muhokama qilişda davom etişni taklif etdi», — deyiladi rezyumening asosiy matniga izohda. Braziliya moliya vaziri Fernando Addadning sözlariga köra, yakuniy hujjat matni böyiça uning geosiyosiy tarkibiy qismi kelişmovçiliklar tufayli kelişilmadi.
Germaniya geosiyosiy mojarolarni tilga oldi
Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner avvalroq 28-29 fevral kunlari bölib ötgan uçraşuv yakunlari böyiça qöşma kommyunikeda geosiyosiy mojarolar, xususan, Ukrainadagi uruş, HAMAS va Ğazo sektoridagi gumanitar vaziyat tilga olinmasa, uni qöllab-quvvatlamasligini ta’kidlagan edi.
«Biz bu masalalardan qoçişga qarşimiz. Garçi markaziy banklar va moliya vazirlari bölsak ham, mamlakatlarimiz qadriyatlarini ifodalaymiz va qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni himoya qilişimiz kerak», dedi Lindner jurnalistlarga.
Braziliya G20 yiğilişiga mezbon sifatida faqat iqtisodiy siyosat masalalariga e’tibor qaratgan holda geosiyosiy inqirozlar haqidagi parçalarni çiqarib taşlamoqçi edi, deya ta’kidlaydi dpa agentligi.













